• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi Coca-Cola zavodi arzon narxlangani shubha keltirib chiqardi. Aksilmonopoliya qo‘mitasi bunga munosabat bildirdi

    O‘zbekistondagi alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MChJning 57,118 foizlik davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Rost24.uz”ning yozishicha, ushbu korxona O‘zbekistonda 1-raqamli, jahonning 4 ta sifat sertifikatini qo‘lga kiritgan yagona, barqaror ishlab chiqarishga ega zavod hisoblanadi. Birgina 2019-yildagi ishlab chiqarishning bozordagi ulushi qariyb 47 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu eng yaqin raqobatchisidan 70 foizga ko‘p. Kompaniya aynan shu yili 1 trillion 455 milliard so‘m daromad qilgan. Bir yillik sof foyda esa 270 milliard so‘m. (DABA saytida 207 milliard so‘m qilib ko‘rsatilgan.)

    Shu sababli “barqaror ishlab chiqarish va katta daromadga ega O‘zbekistondagi 1-raqamli zavodni sotish kimga kerak bo‘lib qoldi?” degan savol paydo bo‘lgan. Shuningdek, Coca-Cola kompaniyasining savdosida qatnashish uchun qo‘yilgan talablar “g‘olib xaridor oldindan aniq, kompaniyaning davlat ulushini birgina xaridor — Turkiyaning Coca-Cola İçecek kompaniyasi sotib olishi mumkin”, degan shubhalar paydo qilgan.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasining davlat ulushini sotilishi bo‘yicha ko‘rsatgan shartlar orasida sotib oluvchi kamida 7 yillik tajribaga ega bo‘lishi, yillik sof tushumi 200 million dollardan kam bo‘lmasligi, alkogolsiz ichimliklar bo‘yicha xalqaro tajriba ega bo‘lishi kabilar keltirilgan.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu holat bo‘ycha bayonot berdi.

    Qayd etilishicha, Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MChJdagi davlat ulushini sotishni xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq, shaffof tarzda tashkil etish maqsadida Rothschild & Co investitsiya banki moliyaviy maslahatchi sifatida, Dentons yuridik firmasi yuridik maslahatchi sifatida tanlab olingan. Shuningdek, kompaniyaning moliyaviy va soliq masalalarini o‘rganish uchun KPMG xalqaro kompaniyasi jalb qilingan.

    Kompaniyadagi davlat ulushini savdoga chiqarish uchun belgilangan talablarda kompaniya faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis hujjatlari va boshqa ichki me’yoriy hujjatlar talablari, kompaniya faoliyatining o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan.

    O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, kompaniyadagi davlat ulushini oshkora sotuv mexanizmi asosida savdoga chiqarish bo‘yicha Davlat tender komissiyasining 2020-yil 15-dekabrdagi 5-son qarori qabul qilingan. Kompaniyadagi davlat ulushini oshkora sotuv mexanizmi orqali savdoga chiqarish bo‘yicha hujjatlar qo‘mita tomonidan o‘rganib chiqilgan.

    Kompaniyadagi davlat ulushini sotib olish bo‘yicha ko‘plab talabgorlardan takliflar kelib tushgan bo‘lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushini sotib olish uchun 3 ta taklif tushgani ma’lum qilindi

    “O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining ‘Raqobat to‘g‘risida’gi qonuni talablariga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolati doirasida savdo jarayonlarini ochiq va shaffof o‘tkazilishi tarafdori ekanligini hamda bu jarayonlarda qonunchilik talablari asosida harakatlarni amalga oshirayotganligini bildiradi”, — deyiladi bayonotda.

    Ma’lumot uchun, Coca Cola İçecek — alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi turk kompaniyasi bo‘lib, uning tarixi 1964-yilga borib taqaladi. 2002-yildan hozirgi nomda faoliyat ko‘rsatmoqda. Coca-Cola tuzilmasida eng muhim korxonalardan biri hisoblanib, 10 ta bozorga mahsulotlarini yetkazib beradi. Asosiy egalari Anadolu Efes (50,3 foiz) va The Coca-Cola Company (20,1 foiz) hisoblanadi.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi. 2020-yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 2020-yilning avgustida esa Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yilgandi.

    13.01.2021, 06:42   Izoh (0)   26804
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda islomiy moliya konsepsiyasini o‘z ichiga olgan qonun ishlab chiqiladi

    13.01.2021, 06:27

    O‘zbekistondagi mahkumlar soni ma’lum qilindi

    12.01.2021, 23:44

    O‘zbekistonda farzand asrab olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati kengaytiriladi

    12.01.2021, 23:28

    Farg‘onada Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

    12.01.2021, 23:13

    Buxoroda tanishi bilan salomlashish uchun mashinasini yo‘lning o‘rtasida to‘xtatgan haydovchi jarimaga tortildi

    12.01.2021, 22:42

    O‘zbekistonda pandemiya ko‘chmas mulk va avtomobil bozoriga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    12.01.2021, 22:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.