Moliya vaziriga 2012—2016-yillarda o‘rinbosarlik qilgan Bahrom Yusupov Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Ta’kidlanishicha, Yusupov Bahrom Muzaffarovich Zoir Mirzayevning o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Bahrom Yusupov 1976-yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, Yaponiyadagi Siyosiy fanlar milliy instituti va AQShdagi Oklaxoma universitetini tamomlagan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

U bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruv xizmati boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.