“Manchester Yunayted” Premyer Liganing qoldirilgan 1-turi doirasida 12-yanvar kuni “Byornli”ga qarshi bahs olib bordi. Safarda kechgan bahsda Pol Pogbaning goli mehmonlarga g‘alaba keltirdi (1:0).

Foto: Twitter

Bu g‘alabadan keyin Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari musobaqa jadvali peshqadamiga aylandi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” Aleks Fergyuson uchun so‘nggisi bo‘lgan 2012/13-yilgi mavsumdan keyin ilk bor (kamida 17 ta o‘yin o‘tkazgan holda) o‘yin kunini peshqadam sifatida yakunladi. Bunga qadar mankunianlar qishki ta’tildan keyingi o‘yinlardan so‘ng biror marta ham musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilmagandi.

Ta’kidlash joiz, o‘sha mavsum “Manchester Yunayted” APL chempionligini qo‘lga kiritgandi va bu jamoa uchun oxirgisi bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!