AQSh kongressining vakillar palatasi vitse-prezident Mayk Pensni amaldagi prezident Donald Trampni chetlatishga da’vat etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: AP Photo

Avvalroq Mayk Pens Donald Trampni mamlakat rahbari lavozimidan chetlatilishiga qarshi fikr bildirib, Konstitutsiyaning 25-tuzatishini qo‘llashdan bosh tortgan edi. Pensning so‘zlariga ko‘ra, 25-tuzatish jazolash yoki hokimiyatni tortib olish vositasi hisoblanmaydi, uni shu tarzda qo‘llash esa “dahshatli pretsedent yaratgan bo‘lardi”.

U Trampning muddati tugashiga yetti kun qolganini eslatdi. Shu munosabat bilan Pens kongressni jamiyatni yanada ajratishga yoki keskinlikni oshirishga xizmat qiluvchi xatti-harakatlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.

Trampning o‘zi chetlatilish xavfidan xavotirda emasligini ma’lum qildi. Uning fikricha, 25-tuzatishni qo‘llash Jo Baydenni va uning ma’muriyatini ta’qib qiladi, ‘impichmentning qalbakilashtirilishi’ esa — bu AQSh tarixidagi jodugarlarga qarshi eng buyuk va eng yovuz ovning davomidir.

Shuningdek, vakillar palatasidagi bir guruh Respublikachilar partiyasi vakillari Donald Trampni uning tarafdorlari tomonidan 6-yanvar kuni Kapitoliyga uyushtirilgan hujum munosabati bilan qoralab, rezolyutsiya kiritdi. Rasmiy jazo berish tarafdorlari bo‘lgan olti kongressmendan biri Brayan Fitspatrik fikricha, prezidentga nisbatan impichment — nobop variant.

Ikkala partiya senatorlari ham prezident ikkinchi marta ham oqlanishi mumkinligini taxmin qilib, bu mamlakatni yanada ajratib yuborishini va keskin vaziyatni yanada qiyinlashtirishini aytmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, u qoralovchi rezolyutsiyani impichment to‘g‘risidagi nizomda keltirilgan jumlalar bilan qo‘llab-quvvatlashni taklif qilmoqda.