• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzaxda qulagan bino qo‘y naslchiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi tomonidan qurilgani aniqlandi. Uning rahbari qurilishga aloqasi yo‘qligini aytmoqda

    Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi 10-yanvar kuni qulab tushgani, qurilish “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” kompaniyasi tomonidan olib borilgani haqida xabar berilgandi. O‘zA qulagan inshoot egasi “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MChJ emas, “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi ekanligini ma’lum qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Tursunov tahririyat muxbiri bilan suhbatda mazkur ma’lumotni tasdiqladi. U fermer xo‘jaligi “Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tgan”ini ta’kidlagan. Qo‘y naslchiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi turar-joy binolari qurilishi bilan shug‘ullanishga huquqi bor yoki yo‘qligiga oid savolga Mahmud Tursunov agar ushbu yo‘nalish fermer xo‘jalik nizomida ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda mumkin, deya javob bergan.

    Maxmud Tursunov, shuningdek, hozircha fermer xo‘jaligi avval qurilish ishlari bilan shug‘ullangani haqida biror ma’lumotga ega emasligini ham tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu dalillarni o‘rganish uning vazifasiga kirmaydi — bu bilan huquqni muhofaza qilish organlari shug‘ullanadi.

    Ta’kidlanishicha, qurilishning buyurtmachisi ham, pudratchisi ham uning egasi, ya’ni — Barakali Qorako‘l Chorvador fermer xo‘jaligining o‘zi bo‘lgan. “Hozircha savollar ko‘p. Savollarga fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchi Akmal Boboyev: — Shukur, hodisa dam olish kuni sodir bo‘lgani uchun odamlar jabrlanmadi, — deb javob berdi”, deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir: Video: Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning qulash jarayoni

    Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, fermer xo‘jaligi 2017-yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tgan. Forish tumani “Darvoza” MFY hududida — qorako‘l qo‘y zoti naslchiligi bilan shug‘ullanadi. Barakali Qorako‘l Chorvadorning yagona rahbari va ta’sischisi Abdullaxakimov Jahongir Shuhrat o‘g‘li hisoblanadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Gazeta.uz” muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida fermer xo‘jalik rahbari bilan bog‘lanib, uning oldin ham qurilish bilan shug‘ullangan yoki yo‘qligi bilan qiziqqan. Abdullaxakimov “binoni o‘zi men qurmaganman”, deya javob bergan.

    “Qurilish qilmoqchi bo‘lganman, qimmat bo‘lgani sababli uni qilolmas ekanman, deganman. Keyin, 2020-yil aprel oyida fuqaro Abdurahim Boboyevga o‘tkazilgan mulk huquqi. Noldan qurgan odam shu kishi. Bugun (11-yanvar) tergovchiga borib uchrashib, hamma hujjatlarni taqdim qildim. Tushuntirish xati yozib berdim, bu narsaga mening umuman aloqam yo‘qligini aytdim. Boshida ikki qavatli do‘konlarni davom ettirmoqchi edim. Bu yo‘lning usti, ikki qavatli bino bo‘lsa, ‘snos’ga tushadi, degan gap bo‘lganidan keyin, ko‘p qavatli quraman deb, Jizzax shahar hokimiyatiga ariza beruvdim. Lekin unga kuchim yetmadi, qilolmadim. Abdurahim Boboyevga hamma hujjatlarni topshirib yuborganman. Ko‘chmas mulkni kelgusida qurilish bilan shug‘ullanish uchun bermaganman, qurilish qilolmayman deb, ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim”, — degan Jahongir Abdullaxakimov.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zA xabarida fermer xo‘jalik ish boshqaruvchisi Akmal Boboyev haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Jahongir Abdullaxakimovning aytishicha, u ko‘chmas mulkni sotib olgan Abdurahim Boboyevning o‘g‘li hisoblanadi va fermer xo‘jalikka umuman aloqasi yo‘q.

    U, shuningdek, Abdurahim Boboyev telefon raqami va uning kompaniyasi haqida hech nima bilmasligini aytdi. Qolaversa, bu ish bilan shahar prokuraturasida tergovchi Tolmas Rahmonov shug‘ullanayotganini qo‘shimcha qilgan. Tergovchi “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani va hech qanday axborot bera olmasligini qayd etgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan Jizzaxda qurilishi tugallanmagan olti qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi tuzilgandi. Hukumat komissiyasi 12-yanvar kuni Jizzax shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosining qulashi sabablarini o‘rganish hamda kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan. “Daryo” manbasining xabar berishicha, Ochilboy Ramatov Jizzaxdagi voqea joyiga yetib bordi. Yig‘ilishda barcha komissiya a’zolari hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari ham ishtirok etadi.

    Mavzuga doir: Jizzaxda qulagan bino yonidagi inshoot ham xavfli holatda turgani ma’lum qilindi

    12.01.2021, 18:59   Izoh (0)   68084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtiradi

    12.01.2021, 18:36

    O‘zbekistonning olis hududlariga ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga har oylik kompensatsiya to‘lanadi

    12.01.2021, 18:13

    Murojaat bilan kelgan fuqarolarga “Stolba yiqilsa, toksiz o‘tiring” degan Sayxunobod elektr ta’minoti korxonasi rahbariga nisbatan tekshiruv tayinlandi

    12.01.2021, 16:34

    O‘zbekistonda “ayollar daftari” qonunchilikka kiritildi

    12.01.2021, 16:11

    O‘zbekiston banklarida dollar kursi 10 520 so‘mgacha qimmatladi

    12.01.2021, 15:57

    Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Andijondagi “samosud”dan keyin O‘zbekistonga kelish fikridan qaytdi (video)

    12.01.2021, 15:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.