Qozog‘istonda 8-yanvar holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 161 ming kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 161 493 nafarga yetgan, ularning 148 263 nafari sog‘aygan, 2352 kishi vafot etgan. Shuningdek, 2020-yil 1-avgustdan buyon Qozog‘istonda 46 190 kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lib, ularning 519 nafari vafot etgan.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Olmaota shahri — 19 401;
  • Nur-Sulton shahri — 19 159;
  • Atirau viloyati — 14 265;
  • Qarag‘anda viloyati — 12 371;
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 19 219;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 9531;
  • Chimkent shahri — 5570;
  • Olmaota viloyati — 7531;
  • Jambil viloyati — 5112;
  • Shimoliy Qozog‘iston — 9079;
  • Pavlodar viloyati — 9779;
  • Kostanay viloyati — 8041;
  • Aqmo‘la viloyati — 7716;
  • Turkiston viloyati — 3750;
  • Mang‘istov viloyati — 3790;
  • Qizilo‘rda viloyati — 3435;
  • Aqto‘be viloyati — 3744.

Qirg‘izistonda 8-yanvar kuni yana 165 kishida koronavirus aniqlab, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlar soni 81 991 kishiga yetdi, deb xabar beradi Kloop.

O‘tgan bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Bishkek — 77;
  • Chuy viloyati — 21;
  • O‘sh viloyati — 16;
  • Jalolobod viloyati — 17;
  • Issiqko‘l viloyati — 24;
  • Botken viloyati — 2;
  • Norin viloyati — 5;
  • Talas viloyati — 3.

Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 171 kishiga kasalxonadan javob berilgan. Bugungi kunga qadar 77 547 kishi virusdan sog‘aygan. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 1365 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 53 400 kishiga yetgan.

Bemorlarning 43 440 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 2264 kishi virus asoratlari oqibatida vafot etgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar davlat markazlarida 212 147 marta koronavirusga test olingan.

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 305 kishiga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha Tojikistonda 90 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Hozirga qadar mamlakatda 13 191 kishi sog‘aygan.

O‘zbekistonda 8-dekabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 530 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda hozirga qadar 75 947 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda 967 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.