Rossiya xalq artisti, “Odam-amfibiya” filmidagi roli bilan mashhurlikka erishgan Vladimir Korenyev 80 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda artistning qizi Irina Korenyevaga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“Ha, olamdan o‘tdi. O‘limidan oldin u koronavirus bilan ‘qizil hudud’da yotgan edi”, — deydi aktyorning qizi.
Vladimir Korenyev 1940-yilning 20-iyunida Sevastopolda tug‘ilgan va teatr va kino aktyori, pedagog sifatida faoliyat yuritgan. 1957-yilda Korenyev Rossiya teatr san’ati institutiga o‘qishga kirgan.
Institutning so‘nggi kursida u Vladimir Chebotaryovning “Odam-amfibiya” filmida bosh rolni ijro etib, mashhurlikka erishgan. Shuningdek, u “Olis yulduz yorug‘ligi”, “Don-Kixot bolalari”, “Vatan o‘g‘lonlari”, “Ozod etish”, “Do‘zaxga yo‘l” kabi qator filmlardagi roli bilan mashhur.
Mavzuga doir: Aktyor Armen Jigarxanyan 86 yoshida vafot etdi
Izoh (0)