O‘zbekistonlik 28 yoshli ayol M.B. Turkiyaning Izmir shahri Karshiyak tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoning 10-qavatidan sakrab, vafot etdi. Bu haqda Turkiyaning Haberler nashri ma’lum qildi.
Voqea 2-yanvar kuni soat 14:00 larda yuz bergan. Hodisaga guvoh bo‘lganlar zudlik bilan politsiya va tez yordamni chaqirgan va o‘z joniga qasd qilgani gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik ayol zudlik bilan Bakirchoy universiteti shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralarga qaramay ayol og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.
Qayd etilishicha, ayolning psixologik muammolari bo‘lgan. Ayni paytda hodisa yuzasidan mahalliy politsiya tergovga qadar surishtiruv boshlagan.
2020-yilning yanvar oyida Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. 12-dekabr kuni Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik qotillik qurboni bo‘ldi. Istanbulning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1986-yilda tug‘ilgan X.X. jarohat olib, vafot etdi.
Izoh (0)