Sochni Yangi yil kechasiga zamonaviy qilib turmaklash uchun stilistga murojaat qilishning keragi yo‘q. 15 daqiqa vaqt ajratib ham ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Aktrisa Diana Kryugerniki singari tez tayyor bo‘ladigan soch turmagi
Sochingizni bo‘shroq qilib yig‘ing va chetidan bir-ikki kokil tushiring. Bunday turmak o‘rtacha uzunlikdagi soch egalari uchun eng yaxshi variant. Aksessuar, masalan toshli bezak taqib obrazni yakunlang.
Emili Blant singari Yangi yil turmagi
Sochingizni silliq qilib yig‘ing va lak seping. O‘rtasidan farq ochilib qolmasligiga harakat qiling. Toshli obodok bunday soch turmagini o‘ziga xos qilib ko‘rsatadi.
Peris Hilton singari bayram soch soch turmagi
Yangi yil uchun ayni muddao bo‘lgan soch turmaklaridan biri nomiga jingalak qilib yoyilgan hamda diadema taqilgan variant hisoblanadi. Ployka yoki dazmolda katta-katta jingalak qiling va sochlaringizni yoyiq qoldiring. Qarabsizki, soch turmagi tayyor. Bezakli obodok, diadema va boshqa toshli aksessuarlar sizni Yangi yil kechasining malikasi bo‘lishingizga yordam beradi.
Izoh (0)