Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 20-dekabr kuni korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “Informburo.kz”.
Hujjat va poraxo‘rlik bilan bog‘liq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish taqiqlanmoqda.
Bundan tashqari, davlat xizmatchilari, parlament deputatlari va sudyalarga xorijiy banklarda hisob raqamlarini ochish va egalik qilish hamda ularda naqd pul va qimmatbaho buyumlarni saqlash taqiqlanadi. Ushbu taqiq mansabdorlarning rafiqalari va ularning farzandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonun Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘iga binoan tayyorlangan va parlamentning quyi va yuqori palatasi tomonidan ma’qullangan.
Avvalroq Qozog‘istonda davlat xizmatchisi va uning oila a’zolariga sovg‘a, moddiy mukofot berish hamda xizmatlar ko‘rsatish to‘liq taqiqlangandi.
Izoh (0)