“Zuleyha” serialining suratga olish jamoasiga yangi aktrisa Xande Soral kelib qo‘shiladi. U Umit ismli bosh qahramonlardan birini ijro qiladi, deb yozadi “Kinoteka.com”.
77-qismda Yilmaz rolini gavdalantirgan Ugur Gunesh serialni tark etadi. Birsen Altuntashning ma’lum qilishicha, bunga aktyorning Kerem Alishik bilan kelisha olmagani sabab bo‘lgan va shu bois yangi shartnoma imzolashni istamagan.
U Vahidedan so‘ng loyihadan chiqib ketadi. Syujetga ko‘ra, Yilmaz avtohalokatda vafot etadi.
Xandening loyihaga kelib qo‘shilishi bilan voqealar rivoji yanada qiziq avj oladi. U ijro qiladigan Umit ismli qahramon Demirga yordam beradi. Adanaga yetib borgan aktrisa suratga olish jamoasi bilan tanishgan. U Adanada ishlashdan baxtiyor ekani hamda ancha vaqtdan buyon birga ishlayotgan jamoa a’zosiga aylanganidan xursandligini ta’kidlagan.
Mavzuga doir:
- “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Nur Fettaho‘g‘lu seriallarda boshqa suratga tushmasligini ma’lum qildi
- Ishdagi ishq: Munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan turk kinosi yulduzlari (foto)
- “Qurilish: Usmon” serialida rol ijro etayotgan aktyor Ma’ruf Otajonov Turkiya telekanali tomonidan e’tirof etildi (video)
Izoh (0)