Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xabar berilganidek, Turkiyaning Konya shahrida 7-dekabrdan 17-dekabrgacha buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan “Shabi arus” marosimlari doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Unda o‘zbekistonlik jurnalistlar ham ishtirok etmoqda.

Safarning ilk kunida OAV vakillari “Panorama” muzeyi hamda Mavlono majmuasi, Irfan svilizatsiyasi va madaniyatni tadqiq qilish markazlariga tashrif buyurdi.

Panorama muzeyi

Konya panorama muzeyi shahar munitsipaliteti tomonidan 2017-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, o‘sha yilning dekabrida darvozalarini tashrif buyuruvchilar uchun ochgan yangi turistik hududlardan sanaladi. Muzey Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayoti bilan birga, shaharning XIII asrdagi tarixini ham so‘zlaydi. Muzey Irfan svilizatsiyasi va madaniyatni tadqiq qilish markazining bir qismi bo‘lib, markazning ichki qismidagi alohida 2 ta tizimdan iborat. Panorama qismida Mavlono Rumiyning hayot yo‘li aks etgan muzey, panorama zali, dunyo bo‘yicha 25 ta Mavlaviy uylarining maketlari joy olgan, 17 ta gumbaz bilan qurshalgan hovli mavjud. Hovli dahlizlari minyaturalar, suratlar va qo‘l mehnati namunalari bilan bezatilgan. Muzeyning galereya qismida Rumiyning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar bo‘lgan umr yo‘li moy bo‘yoqlarda ochib berilgan. Shuningdek, uning dafn marosimiga kelgan turli dindagi mehmonlarni tasvirlash orqali Konya sabr-qanoat shahri ekanligi ham chuqur ma’no bilan ifodalangan.

 

Konya Panorama muzeyi.

Konya Panorama muzeyi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyaning Edirne shahridagi mavlaviyxona.

Turkiyaning Edirne shahridagi mavlaviyxona.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Konya shahridagi Mavlono maqbarasi maketi.

Konya shahridagi Mavlono maqbarasi maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Gumbazli panorama shaklidagi muzey maydoni 4460 metr kvadrat, uni katta sopolli temir darvozalar o‘rab turadi. Muzeyni qurishdan asosiy maqsad Konyaning XIII asrlik tarixi, odamlari, xususan, Jaloliddin Rumiyning bosib o‘tgan hayot yo‘li bilan jonli tanishtirishdan iborat.

Suriyadagi mavlaviyxona maketi.

Suriyadagi mavlaviyxona maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyaning Shonliurfa mavlaviyxonasi maketi.

Turkiyaning Shonliurfa mavlaviyxonasi maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyaning Anqara shahridagi mavlaviyxona maketi.

Turkiyaning Anqara shahridagi mavlaviyxona maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyadagi Toqat mavlaviyxonasi maketi.

Turkiyadagi Toqat mavlaviyxonasi maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Panorama muzeyining maketlar joylashtirilgan hovli qismi.

Panorama muzeyining maketlar joylashtirilgan hovli qismi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Istanbuldagi Galata mavlaviyxonasi maketi.

Istanbuldagi Galata mavlaviyxonasi maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Gaziantep mavlaviyxonasi maketi.

Gaziantep mavlaviyxonasi maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Afyon mavlaviyxonasi maketi.

Afyon mavlaviyxonasi maketi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Galereya zali

Muzeyning galereya qismi.

Muzeyning galereya qismi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jaloliddin Rumiyning otasi Shayx Bahouddin Valad 1228-yilda Sulton Alouddin Kayqubod tomonidan Konyaga taklif etilgan lahza.

Jaloliddin Rumiyning otasi Shayx Bahouddin Valad 1228-yilda Sulton Alouddin Kayqubod tomonidan Konyaga taklif etilgan lahza.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rumiy otasining so‘zi bilan Aleppo va Damashqda tahsil oladi. Suratda uning Hallaviya bilim yurtidagi yillari.

Rumiy otasining so‘zi bilan Aleppo va Damashqda tahsil oladi. Suratda uning Hallaviya bilim yurtidagi yillari.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavlono Rumiy Konyada bir hovuz bo‘yida ko‘p kitoblarni mutolaa qilib o‘tirganida, Shams Tabriziy bir darvesh qiyofasida uning yoniga keladi.

Mavlono Rumiy Konyada bir hovuz bo‘yida ko‘p kitoblarni mutolaa qilib o‘tirganida, Shams Tabriziy bir darvesh qiyofasida uning yoniga keladi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Salohiddin Zarko‘b va Mavlono.

Salohiddin Zarko‘b va Mavlono.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavlaviyxonalar xaritasi.

Mavlaviyxonalar xaritasi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rumiyning so‘nggi kunlari.

Rumiyning so‘nggi kunlari.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Milodiy 1273-yil 17-dekabr, Konyada Rumiyning so‘nggi lahzalari.

Milodiy 1273-yil 17-dekabr, Konyada Rumiyning so‘nggi lahzalari.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jaloliddin Rumiyning ilk marta semani ijro etishi.

Jaloliddin Rumiyning ilk marta semani ijro etishi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Panorama zali

Muzeyning eng yorqin qismi bu panorama zalidir. Mumdan yasalgan haykal va suratlar Konyaning XIII asrdagi ko‘rinishini bor bo‘yicha tasvirlaydi. Buyuk Ipak va ziravorlar yo‘lining markazidan o‘rin olgan Konyadagi tijoriy hayot, saljuqiylar sultoni Kayxusrav IIning saroy darvozalaridan kirib kelishi, Rumiyning ilk marta temirchilar shovqinida sema ijro etganini tomosha qilish mumkin. Shu tarzda yagona panoramada Konya shahrining XIII asrdagi san’at, tarix, savdo-sotiq va me’morchilik sohalaridagi faoliyatining guvohiga aylanish imkoniyati bor.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Panorama muzeyiga kirish narxlari.

Panorama muzeyiga kirish narxlari.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Muzey shahidlarning yaqinlari, urush faxriylari, 65 yoshdan katta va 7 yoshgacha bolalarga bepul. Talabalardan 2 lira, aholidan 5 lira to‘lov olinadi. Nogironlar va qariyalar uchun sharoitlar ham inobatga olingan. Lift yordamida nogironlar muzeyni o‘z aravachalarida aylanish imkoniyatiga ega. Bu yerda ekskursovod, turli tillarda so‘zlashuvchi gidlarning xizmatidan ham foydalanish mumkin. Muzey 2018-yilning iyun oyida Tarixiy shaharlarni qo‘llab-quvvatlash Kengashi tomonidan mukofotlangani uning mashhurligini oshirib, o‘z uslubini hosil qilishida katta yordam bergan.

Koronavirus pandemiyasi davrida ushbu muzeyda ham dezinfeksiya masalasiga jiddiy e’tibor berilgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida ushbu muzeyda ham dezinfeksiya masalasiga jiddiy e’tibor berilgan.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Irfan svilizatsiya va madaniyatni tadqiq qilish markazi

Konya buyukshahar munitsipaliteti Inson va ilm fondi bilan birgalikda Irfan svilizatsiya va madaniyatni tadqiq qilish markazida qadimiy madaniy boyliklarning himoyalanishi va asliga xos ravishda tiklanishi yo‘lida ilm hamda hunar o‘rgatadi. Markaz turk va islom san’ati namunalari asosida qurilgan bo‘lib, unda Panorama muzeyi, semaxona, anjumanlar zali va ustaxonalar o‘rin olgan. Markazda har haftada sema, tekke musiqasi, musiqiy asboblarda kuy chalish va hokazolar bo‘yicha treninglar, mahorat darslari, panelli seminarlar olib boriladi.

Markazda charm, ebru san’ati, junga ishlov berish, nay, rubob, tikuvchilik, tasbeh, tejib, husnixat kabi ustaxonalar bor.

Samo raqsi ta’lim kurslari uchun ajratilgan zal.

Samo raqsi ta’lim kurslari uchun ajratilgan zal.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Darveshlarning kiyimidagi o‘ziga xos jihatlar tushuntirilmoqda.

Darveshlarning kiyimidagi o‘ziga xos jihatlar tushuntirilmoqda.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jaloliddin Rumiy, deganda ko‘z oldimizga samo raqsi keladi. Markaz Mavlono ta’limoti asosida samo raqsi o‘quv kurslarini o‘tkazadi. Ushbu kursni bitirib malakaga ega bo‘lgan nomzodlar Irfan svilizatsiya va madaniyatni tadqiq qilish markazida aylanuvchi darveshlar sifatida o‘z o‘rnini topishi va tadbirlarda qatnashishi mumkin. Samo raqsida darveshlar oppoq, uzun liboslarini hilpiratgan holda, doira sadosiga sekin-asta aylana boshlashadi. Raqs diniy marosim hisoblanib, u darveshlar uchun xudoga yaqinlashish yo‘li sanaladi.

Samo raqsining vujudga kelishi bevosita Mavlono Rumiy nomi bilan bog‘liq. Afsonlarga ko‘ra kunlardan bir kuni Mavlono shahar bozorlaridan birida tillaga shakl berayotgan temirchilarning zarbidan kelayotgan ovozdan ilhomlanib qo‘llarini yoyib aylana boshlaydi. Shunday qilib samo raqsi va darveshlarning mavlaviya ordeni vujudga kelgan, deyishadi. Samo marosimi ildizlari bilan fors va turk madaniyatiga borib taqaladi hamda sharq an’analari bilan muqoyasa qilinadi.

Samo marosimida darvesh avval maxsus junning ustiga chiqadi.

Samo marosimida darvesh avval maxsus junning ustiga chiqadi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Samo raqsi uchun qo‘shiq kuylanmoqda.

Samo raqsi uchun qo‘shiq kuylanmoqda.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ebru san’ati mahorat darsi.

Ebru san’ati mahorat darsi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ebru san’ati mahorat darsiga qiziqish katta.

Ebru san’ati mahorat darsiga qiziqish katta.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaz hovlisi.

Markaz hovlisi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaz hovlisi.

Markaz hovlisi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tasbehxonada yasalgan tasbeh.

Tasbehxonada yasalgan tasbeh.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tasbeh yasash jarayoni.

Tasbeh yasash jarayoni.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tasbehxona.

Tasbehxona.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ebru san’ati namunalari.

Ebru san’ati namunalari.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaz binosining tashqi ko‘rinishi.

Markaz binosining tashqi ko‘rinishi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)