Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 16-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@Ligue1UberEats

Foto: Twitter/@Ligue1UberEats

PSJ o‘z uyida “Loryan”ni qabul qildi. Mehmonlar ikkinchi bo‘lim debyutida Andre Graviyonning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. 51-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Moyze Kin yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0.

“Lion” o‘zida “Brest” bilan kuch sinashdi. Avvaliga o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan mezbonlar o‘yin davomida ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq “Brest” hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda belgilangan penaltidan keyin muvozanatni tikladi.

“Marsel” safarda “Renn”ga imkoniyatni boy berdi, “Monako” o‘zida “Lans”ga yirik hisobda yutqazdi. Musobaqa peshqadami “Lill” esa Yusuf Yaziji va Timoti Veaning gollari evaziga zafar quchdi.

15-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: Twitter/@Ligue1UberEats

Foto: Twitter/@Ligue1UberEats

Liga 1

15-tur bahslari

16-dekabr, chorshanba

PSJ — “Loryan” 2:0

Gollar: 1:0 – 51, penalti Mbappe, 2:0 – 61 Kin.

PSJ: Riko, Kurzava, Bakker (Verratti, 71), Florensi, Kerer, Rafinya (Fadiga, 71), Danilu Pereyra (Pembele, 11), Errera, Guye (Draksler, 77), Kin (Di Mariya, 71), Mbappe.

“Loryan”: Nardi, Morel, Ergo, Le Goff, Fonten (Muyokolo, 71), Monkondyui (Marvo, 78), Aberjel (Chaloba, 46), Vissa (Loryante, 66), Le Fe, Graviyon, Moffi (Grbich, 66).

Ogohlantirishlar: Mbappe (34), Kin (58), Fadiga (87).

Chetlatish: Graviyon (49).

“Lion” — “Brest” 2:2

Gollar: 0:1 – 39, avtogol Antoni Lopesh, 1:1 – 69, penalti Depay, 2:1 – 81 Korne, 2:2 – 90+3, penalti Fevr.

“Renn” — “Marsel” 2:1

Gollar: 0:1 – 24 Guye, 1:1 – 63 Traore, 2:1 – 83 Yunu.

“Monako” — “Lans” 0:3

Gollar: 0:1 – 1 Silla, 0:2 – 33 Banza, 0:3 – 39 Kakuta.

“Dijon” — “Lill” 0:2

Gollar: 0:1 – 19 Yaziji, 0:2 – 90 Vea.

“Anje” — “Strasburg” 0:2

Gollar: 0:1 – 77 Diallo, 0:2 – 90 Ajork.

“Reyms” — “Nant” 3:2

Gollar: 0:1 – 18 Pallua, 1:1 – 68 Ture, 2:1 – 72, penalti Dia, 3:1 – 74 Kafaro, 3:2 – 79 Blas.

“Nim” — “Nitssa” 0:2

Gollar: 0:1 – 85 Ndoye, 0:2 – 90 Klod-Moris.

“Monpelye” — “Mets” 0:2

Gollar: 0:1 – 50, penalti Leyya-Iseka, 0:2 – 90 Maiga.

“Bordo” — “Sent-Etyen” 1:2

Gollar: 0:1 – 15 Norden, 1:1 – 24 Hvan Iy Cho, 1:2 – 75 Neu Nupa.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Salomatlik
Koʻrinmas shakar: yashirin tarzda qandli diabetga duchor qiladigan 7 ta oziq-ovqat