• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi “dom”da gaz portladi. Uch kishi kasalxonaga yotqizilgan, bir necha xonadon jiddiy zarar ko‘rgan

    9-dekabrga o‘tar kechasi taxminan soat 01:00 atrofida Andijon shahri Qo‘shariq dahasidagi 24-A uyning 48-xonadonida yong‘in ro‘y berdi, deb xabar qiladi “Kun.uz”. Ma’lum bo‘lishicha, xonaga tabiiy gaz to‘planib qolgan va uy egasi chiroqni yoqqach, chaqnash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqqan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Yong‘in xabari Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgach, yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisa joyiga darhol yetib borgan va soat 01:16 da yong‘in bartaraf etilgan.

    Ma’lum qilinishicha, uy egasi gaz to‘plangan xonada chiroqni yoqib yuborishi natijasida chaqnash hodisasi ro‘y berib, yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 48-xonadonda yashovchi uch nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Andijon shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Muhammadamin Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Andijon shahri hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Mohinur Qosimova yong‘in oqibatida zarar ko‘rganlar viloyat hokimi tomonidan to‘liq boshqa joyga ko‘chirilib, uylarini ta’mirlash uchun 5 ta qurilish brigadasi ish boshlaganini bildirgan.

    Qayd etilishicha, bir hafta muddat ichida mazkur xonadonlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, xonadon egalari qayta ko‘chib kiradi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Mutaxassislar bilan kelib o‘rganganimizda xonadonning ichidan gaz so‘rg‘ich chiqdi. Tarmoqda bosimning pasayib ketishi oqibatida fuqaro gaz so‘rg‘ichdan foydalangan. Gaz so‘rg‘ichni rezina shlang orqali qo‘ygan. Rezina shlangdan gaz sizib chiqishi oqibatida xonadonga is gazi to‘lib, elektrni yoqqanda chaqnash sodir bo‘lgan.

    Hozir magistral quvurlarida gaz bosimi ozgina pasayishi kuzatilyapti. Biz birinchi navbatda shahar hududidagi ko‘p qavatli uylarni gaz bilan ta’minlashga e’tibor qaratyapmiz. Kecha kechki payt me’yorlashtirish ishlarini olib borib, bu yerda gaz ta’minotini bir me’yorga keltirganmiz.

    Lekin bu gazga ham qanoat qilmasdan fuqarolar tomonidan gaz so‘rg‘ich qo‘yib olish holatlari kuzatilyapti. Ko‘chada gaz to‘ldirish shoxobchalarini ham belgilangan soatda o‘chirib, bundan tejab qolinayotgan gaz hajmini asosan shahardagi ko‘p qavatli uylarga qaratyapmiz”, — deydi Andijon shahargaz bo‘limi boshlig‘i Xurshidbek Qodirov.

    Avvalroq Qibraydagi xonadonda gaz portlashi oqibatida uy egasi va uning o‘g‘li halok bo‘lgani, shuningdek, Yangiyo‘ldagi xonadonda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, uyning bir qismi qulab tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘tgan kuz-qish mavsumida 73 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan — FVV

    10.12.2020, 10:10   Izoh (0)   53239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda aholi gaz yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

    10.12.2020, 09:47

    Ishtixonda Matiz va Nexia’ning to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

    10.12.2020, 09:10

    Andijonda yer silkinishi qayd etildi

    10.12.2020, 08:57

    Termizdagi poligonda O‘zbekiston—Rossiya harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi

    10.12.2020, 08:10

    O‘zbekiston 2021-yilda ziyorat turizmi uchun 5 mingga yaqin aviareys tashkil qilishni rejalashtirmoqda

    10.12.2020, 06:52

    Jizzaxda Lacetti ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘lovchi tan jarohati oldi

    10.12.2020, 06:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.