Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yil noyabr oyi rekord o‘rnatib, butun meteokuzatuv tarixida eng ilig‘i bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu haqda 7-dekabr kuni Yevropaning sun’iy yo‘ldosh monitoringi dasturi Copernicus xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Global miqyosda 2020-yil noyabr butun meteokuzatuv tarixida eng iliq noyabr bo‘ldi. <...> Bu oy 1981—2010-yillar noyabr oyi o‘rtacha ko‘rsatkichiga qaraganda 0,77 daraja iliqroq bo‘ldi. Havo harorati avvalgi rekord qayd etilgan 2016 va 2019-yillar noyabr oyiga qaraganda 0,13 daraja yuqori bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Bunda Yevropa uchun ushbu oy 2015-yil noyabridan so‘ng ikkinchi eng iliq oy bo‘lgan.

Qayd etilishicha noyabr oyi uchun yuqori hisoblanmish harorat Sibir, Shimoliy Muz okeani, Alyaska va Kanadaning shimoli-g'arbiy qismida qayd etilgan. Shuningdek, Tibet tog‘lari va Sharqiy Antarktidada ham o‘rtacha ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan.

“TASS”ning yozishicha, Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) yakunlanayotgan 2020-yil ob-havo va iqlim kuzatuvlari tarixidagi eng iliq uchlik qatoridan o‘rin olishi mumkinligini ma’lum qilgan. Yanvar oyidan oktabr oyigacha harorat 1850—1900-yillar me’yoriy ko‘rsatkichlariga qaraganda o‘rtacha 1,2 daraja yuqori bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonda bu yilgi oktabr ekstremal quruq bo‘lgani, mamlakatda butun meteorologik kuzatuvlar davrida eng yog‘ingarchiliksiz oktabrlardan biri bo‘lgani qayd etilgani xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi