• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Pyer Risharning birinchi va eng mashhur roli. “Qora tuflidagi mallasoch daroz” klassik kinokomediyasi haqida

    70-yillarning eng sara komediyalari qatoridan joy olgan “Qora tuflidagi mallasoch daroz” filmi 1972-yil fransuz rejissori Iv Rober tomonidan suratga olingan edi. Film bugungi kungacha razvedka boshqarmasi tomonidan odamlarning shaxsiy hayoti kuzatuvga olinishi kerak emasligi g‘oyasi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. “Daryo” kolumnisti Farrux Adhamjonov haqida fikrlarini bildiradi.

    Kino haqida

    “Qora tuflidagi mallasoch daroz” kinokomediyasi 1972-yil fransuz rejissori Iv Rober tomonidan suratga olingan bo‘lib, unga o‘tkir-sujetli ssenariy Fransis Veber tomonidan yozilgan. Film komediya janrida ishlangan bo‘lsa-da, o‘zi bilan “har bir inson shaxsiy hayot, maxfiylik va kuzatishdan holi bo‘lish huquqiga ega” qabilidagi xabarni olib chiqqan edi. Ushbu jihati tufayli film 1970-yillarning eng  yaxshi komediyalaridan biri bo‘libgina qolmay, fuqarolar davlat kuzatuvlaridan holi bo‘lishi haqidagi ahamiyatini hanuzgacha yo‘qotmadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1974-yilga kelib esa uning davomi – “Mallasoch darozning qaytishi” filmi ham suratga olindi. Bosh rollarni Pyer Rishar (Fransua Perren), Jan Roshfor (Lui Tuluz), Bernar Blie (Bernar Milan), Mirey Dark (Kristin), Pol Le Person (Perrash) va boshqalar ijro etgan edi.

    Sujet

    Film fransuz kontrrazvedka boshqarmasi boshlig‘i Lui Tuluzga nisbatan uning yordamchisi Bernar Milan tomonidan uyushtirilgan yolg‘on bilan boshlanadi. Ushbu ziddiyatdan Bernarning asosiy maqsadi polkovnik Luining ish o‘rnini egallash edi. Bernardan shubhalangan Lui uni so‘roq qilish uchun chaqiradi, lekin Bernar dalillarning barchasi soxta ekanini aytadi. Lui o‘z xonasida yashirin eshitish uskunalarini aniqlagach, yordamchisi Perrashni chaqiradi.

    Bu uskunalar Bernar tomonidan o‘rnatilganini bilgach, ular ayyorona yo‘l tutadi: ertasi kuni soat 09:30 da Orli aeroportiga professional josus kelishi haqida aytib, bu gaplarni eshitib turgan Bernarni aldaydi. Josusning maqsadi Bernarga qarshi hisobot tayyorlash ekanini aytishadi. Aslida esa hech qanday josus yo‘q bo‘lib, bu shunchaki “ahmoq uchun tuzoq” bo‘lib chiqadi. Perreshga esa aeroportdan istalgan odamni tanlab, u bilan ko‘rishish tayinlanadi. Perresh esa Myunxendan uchib kelgan skripkachi Fransua Perrenni tanlaydi.

    Shu ondan boshlab, Bernarning odamlari Fransuani kun-u tun kuzatishni boshlaydi. Ular Fransuaning o‘tmishi haqida barcha ma’lumotlarni to‘plashadi va uyiga yashirin eshitish moslamalarini o‘rnatadi. Odatiy, lekin komediyaga boy hayot kechirayotgan Fransuadan sirlarini bilish uchun Kristin yollaniladi. U ayg‘oqchilik davomida hech narsa aniqlay olmaydi, ammo Fransuani yoqtirib qoladi. Bundan Bernar shubhalanishni boshlaganida Luining ataylab aytgan “bugun josus hisobot topshiradi”, degan gapini eshitadi va Fransuani o‘ldirishga o‘z odamlarini jo‘natadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bunday bo‘lishini kutgan Lui Fransuaning atrofidagi oldin yollangan qo‘riqchilarni qaytarishni so‘raydi, lekin Perrash bu skripkachining hayotiga xavfli ekanini bilgach, bu ishni teskarisini bajaradi. Shu sabab Fransuaning xonasida yuz bergan otishmada Lui yollagan tansoqchilar va Milan o‘zining odamlari bilan halok bo‘ladi. Kontrrazvedka boshqarmasidagi josuslarning uddaburonligi sabab, Fransua na bu ishlardan na o‘lganlardan xabar topmaydi. Fransua Kristin bilan bir-birini sevib qolgani sabab esa film so‘nggida ular Rio-de-Janeyroga qochib ketadi. Film Fransiyaning jinoyat kodeksidagi 9-modda – “har bir inson kuzatuvdan holi bo‘lgan shaxsiy hayotga ega bo‘lish huquqiga ega” bandlari bilan yakuniga yetadi.

    Tahlil

    “Qora tuflidagi mallasoch daroz” filmi Iv Robertning muvaffaqiyatli ishlaridan biri bo‘lib, 70-yillarning eng sara komediyalar qatoridan joy oldi. Filmni tomosha qilish davomida detektiv ko‘rinishdagi komediya vaqt o‘tgan sari qiziq bo‘lib boradi. Aeroportda Perrin Fransuani uchratishidan to kino oxirigacha film pozitiv ruhda davom etadi.

    Filmda bosh qahramonlarning familiyalari shahar nomlariga qiyosan atalgani ham bejizga emas edi. Tuluz (Fransiya, Tuluza) va Milan (Italiya, Milan) fransuz ssenaristining italyan qo‘shnilariga “alangali” salomi hisoblanar edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Film o‘ziga xos ironiyalarga ham boy sanaladi. Komissar Lui yordamchisi Bernarga shunchaki “dars” o‘tib qo‘yishni istagan edi, bu “dars” Bernarning o‘limi bilan yakun topadi. Bernar esa komissar Luining o‘rniga kelish istagi ortidan hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, Kristin Fransuadan sirlarni bilish uchun yollangan josus yakunda uni sevib qoladi.

    Filmning asosiy g‘oyasi – razvedka boshqarmasi tomonidan odamlarning shaxsiy hayoti kuzatuvga olinishi kerak emasligini ko‘rsatish edi. Filmning ilk sahnalarida esa fransuz josusining AQShda geroinlar bilan qo‘lga olinganini ko‘rasiz. Rejissor bu sahna bilan allegorik tarzda 1960–1970-yillardagi AQSh razvedka boshqarmasi fuqarolar ustidan o‘ta kuchli nazorat o‘rnatganini ko‘rsatdi. Har joyda kuzatish moslamalarining bo‘lishi erkinlikka qarshi eng katta tahdid deb bilgan film rejissori yakunga jinoyat kodeksidan misol keltirish orqali bu xabarni tomoshabinlarga muvaffaqiyatli yetkazib bera oldi.

    Ijodiy guruh faoliyati

    Film yaralishida ssenarist Fransis Veber va rejissor Iv Robertning tashabbuslari cheksiz hisoblanadi. Ular hatto orkestr bilan bo‘lgan sahnada dirijyor va kuzatuvchi ko‘rinishida epizodik rollarni ham ijro etdi. Pyer Risharning beqiyos roli sabab esa bosh qahramon Fransuaning obrazi ideal tarzda yaraldi. Filmda juda ham ko‘plab tarixiy va zamonaviy musiqa asboblari kolleksiyasi ko‘rsatildi. Uylarni to‘ldirib turuvchi bu maksimalistik uslub ustida dizaynerlar oylab faoliyat olib bordi.

    Ikki yildan so‘ng suratga olingan film davomi haqida Fransis Veber bundan asosiy maqsad daromad ekanini yashirib o‘tirmadi. 1985-yilga kelib esa ushbu film Gollivud tomonidan qayta ishlandi. Tom Xenks bosh rolni ijro etgan ushbu kino “Qizil tuflidagi kishi” deb nomlandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xulosa

    “Qora tuflidagi mallasoch daroz” filmi adashtirilgan shaxsiyat, josuslik va odamlarni kuzatuvga olish haqidagi klassik kinokomediya hisoblanadi. Undagi barcha voqealar to‘qib chiqarilgan bo‘lsa-da, haqiqatdan uzoqlashmagan holda o‘sha davrdagi holatga tanqid orqali qaradi va buni komediya yordamida ko‘rsatib bera oldi, kichik bo‘lib ko‘ringan mojarolar dahshatli tarzda yakunlanishi mumkinligini ham namoyish qildi.

    Filmning asosiy g‘oyasi – odamlarni erkinliklaridan cheklovchi kuzatish ishlarini olib borishga qarshi chiqish kerakligi hanuzgacha o‘z aktualligini yo‘qotmadi, balki aksincha yildan-yilga o‘z ommaviyligini oshirib bormoqda.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    06.12.2020, 16:46   Izoh (0)   30998
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Di Kaprio, Tom Kruz va Silvester Stallone: Jarohatlanganiga qaramay rol ijro qilishdan to‘xtamagan aktyorlar (foto)

    06.12.2020, 14:46

    Warner Bros 2021-yilda premyeralar bir vaqtning o‘zida kinoteatr va onlayn efirda namoyish etilishini ma’lum qildi

    04.12.2020, 21:57

    Komediyalarning malikasiga aylangan qoshsiz aktrisa – Vupi Goldberg 65 yoshda (foto)

    04.12.2020, 19:45

    Foto: Hind kinosi yulduzlari va ularning ota-onalari

    04.12.2020, 13:55

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Nur Fettaho‘g‘lu seriallarda boshqa suratga tushmasligini ma’lum qildi

    03.12.2020, 17:15

    Kevinning onasi “Uyda yolg‘iz-2” filmidagi mashhur chinqirig‘ini takrorladi (video)

    03.12.2020, 15:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.