• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Alisher Sultonov GTL zavodi qurilishidagi tartibsizliklarga ish haqi yoki ovqat vaqtida berilmagani sabab bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni “uydirma” deb atadi

    O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusi davomida Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodida yuz bergan ommaviy tartibsizlik haqidagi savolga javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Energetika vazirining aytishicha, o‘zi ham zavodga borgan va ishchilar bilan uchrashib gaplashgan.

    U yerda viloyat hokimi ham, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri ham, viloyat rahbariyati ham bor edi. Biz ular bilan uchrashib, o‘rta bo‘g‘indagi barcha xodimlarni to‘pladik, bu — brigadirlar, ustalar, prorablar, ishchilar. Ish haqi to‘lashda muammolar bormi, deb savol berilganida, ularning barchasi “yo‘q” dedi. Bu o‘ylab topilgan. Men tushunaman, har doim qandaydir sensatsiyani xohlashadi, bu qandaydir salbiy chiqsa kuchayadi. Shuning uchun ish haqi bo‘yicha umuman e’tiroz bo‘lmadi, kompaniya maoshlarni o‘z vaqtida to‘layapti.

    Biz borib, komissiya bilan birgalikda u yerda yaratilgan turar joy sharoitini, mehnat sharoitini tekshirdik. Ularning bari kerakli talablarga javob beradi. Muammo nimada edi? Fikrimcha, muammo ishchilar bilan muloqotning bo‘lmaganida edi, karantin joriy etildi, odamlar charchadi. Tasavvur qiling, qurilish maydonchasida bir joyda 12 ming odam yig‘ilgan. Karantin cheklovlari joriy qilingan mart oyida biz u yerda qat’iy tartib o‘rnatdik. Sababi, qurilish muddatlariga rioya qilishimiz kerak, agar odamlar kasal bo‘lsa, qurilish ham to‘xtaydi. Ko‘p joylarda va loyihalarda shunday bo‘ldi ham — xorijiy mutaxassislar jo‘nab ketdi, bizning mutaxassislarimizga ham javob berib yuborishga to‘g‘ri keldi, ba’zi loyihalar to‘xtab qoldi. Biroq bu loyihani saqlab qola oldik. Xorijiy mutaxassislar bilan kelishuv bor edi, ya’ni maydonchada karantin bo‘yicha barcha sharoitlar yaratildi, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ta’minoti yo‘lga qo‘yildi va profilaktik choralar ko‘rildi, shifokorlar nazorati ostida profilaktika uchun berilgan dori-darmonlar olib kelindi. Biz vaziyatni ushlab tura oldik, keyinchalik, yozda cheklovlar yumshatildi hamda kasallanish holatlari ko‘paydi, maydonchamizda 1000 nafargacha kishi kasal bo‘ldi. Tabiiyki, biz ularni qo‘yib yubormadik va komissiyaning xodim kasallansa, kompaniya davolashi kerakligi haqidagi talabi bilan odamlar o‘sha yerda davolandi. Shundan so‘ng nisbatan qat’iy karantin cheklovlari joriy qilindi.

    Birinchi norozilik holati u yerda 90 kun muddat davomida uyda bo‘lmagan xorijiy mutaxassislar javob so‘raganida va ularga ruxsat berganimizda bo‘ldi. Biz mahalliy mutaxassislarni ishga oldik, bu asosan xorijda vaqtincha ishlab qaytgan yoshlar edi. Meni yoshlarimiz juda injiqlik qila boshlagani hayratga soldi. Ular 40 kun uyda bo‘lmagani haqida e’tiroz qila boshladi, asosiysi shu edi. Odamlar psixologik jihatdan charchagandi. Men bizning davrimizda qanday qilib ikki yil armiyada xizmat qilishgan ekan, deb o‘ylanib qoldim.

    Asosiy sabab odamlarning psixologik jihatdan charchaganida bo‘ldi. U yerda shunchaki sabab kerak edi, agar nonushtaga o‘tkazadigan maxsus tartib bo‘lmaganida, boshqa biron narsa bo‘lar edi. Mening fikrimcha, bu o‘rta bo‘g‘indagi rahbarlarning aybi, ular odamlar bilan muloqot qilishi kerak.

    Bir narsani tushunish kerak — bunday obyektlarda ovqat bermaslik, davolatmaslik, ish haqi bermaslikning o‘zi imkonsiz. Buning o‘zi imkonsiz. Biz ular bilan suhbatlashganimizda, ba’zilar ish haqini oshirish haqida so‘radi. Ulardan ish haqi qancha ekani, ishga kelayotganida maoshi haqida bilgani yoki bilmagani so‘ralganida, bilganini aytdi. O‘zi shunday ish haqiga rozi bo‘lib kelgan. Yana biri uyiga, ya’ni Buxorogacha bo‘lgan yo‘l haqini to‘lab berishlarini talab qildi. Unga hokim to‘g‘ridan to‘g‘ri aytdi: yo‘l haqini to‘lash, oila boqish uchun ish haqi olyapsan-ku, sen bu yerga ma’lum bir maosh uchun kelgansan, nega hozir senga yo‘lni ham to‘lab berishimiz kerak. Biz, taxminan, 250 kishi bilan gaplashdik. Yana bir marta aytaman, bu nafaqat rahbarlar, balki oddiy ishchilar ham edi. Ko‘pchilik keyin uzr ham so‘radi, biroq bu yoshi katta ishchilar edi. Ular ‘biz aybdor emasmiz, chekkada turgandik’, dedi. Men ‘agar sizlar bir chetda turgan bo‘lsangiz, unda sizlar ham aybdorsiz’, dedim. Ro‘y bergan hodisada biz ham aybdormiz, ular ham aybdor. Asosan yoshlar edi, har kim nima qilayotganini aniq tushunishi kerak. Jinoyat sodir etib, jazo haqida o‘ylamaslik mumkinmi?

    Alisher Sultonov, energetika vaziri

    Eslatib o‘tamiz, 21-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodida ishchilarning ommaviy tartibsizligi yuz bergan. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan Enter Engineering kompaniyasi tartibsizlik tongda ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonaning monoblok uskunasi (elektron o‘tkazish tizimi)da texnik nosozliklar yuzaga kelgani bois ular o‘z vaqtida nonushtaga kira olmagani sababli yuz berganini ma’lum qildi.

    Zavod mas’uli Shuhrat Arziyev OAV vakillari bilan muloqotda Uzbekistan GTL zavodi qurilishidagi ishchilarning ommaviy noroziligiga ularning ish kuni ko‘payib, dam olish kuni o‘zgarishsiz qolgani ham sabab bo‘lganini aytgan. Uzbekistan GTL bosh direktori Faxriddin Abdurasulov to‘polon ko‘targan ishchilar masalasiga to‘xtalib o‘tib, karantin sabab ularning ish kuni ortib, dam olish kuni o‘zgarishsiz qolgani sabab ishchilarda ruhiy toliqish bo‘lganini ma’lum qilgandi.

    Energetika vazirligining holat yuzasidan 21-oktabr kuni bergan bayonotida ta’kidlanishicha, obyektda ish haqini to‘lash bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmagan — to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Enter Engineering kompaniyasi tomonidan ishchilarning qulay turmushi va mehnat faoliyatini olib borishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Kasaba uyushmalari federatsiyasi esa zavodda yuz bergan tartibsizlik sabablarini o‘rganish maqsadida ishchi guruhi tuzib, 14 ta savoldan iborat anketa orqali uch kun davomida 1500 ga yaqin ishchi bilan muloqot o‘tkazgan.

    Mavzuga doir: G‘uzordagi zavod ishchilari to‘polon ko‘targan paytda yetkazilgan zararni kim qoplaydi? Uzbekistan GTL bosh direktori ushbu savolga javob berdi (video)

    Keyinroq Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasi Mehnat kodeksining 161-moddasini, ya’ni mehnatga haq to‘lash tartibini qo‘pol ravishda buzgani ma’lum qilindi.

    Qashqadaryo viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, zavodda yuz bergan to‘polonda ishchilar zavodga 480 million so‘m zarar yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi (ko‘p miqdordagi mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) va 277-moddasi 2-qismi “b”, “v”, “e” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan; sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab; ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    01.12.2020, 14:54   Izoh (0)   18685
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning jami davlat qarzi 2021-yilda 28,4 mlrd dollarga yetishi mumkin. Moliya vazirligi buni xavfsiz darajada deb hisoblamoqda

    01.12.2020, 14:21

    “O‘zgidromet” 2-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    01.12.2020, 13:23

    Toshkentda 1-dekabrdan boshlab elektron transport kartasi narxi 15 ming so‘m etib belgilandi

    01.12.2020, 13:12

    O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilarning o‘zini mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda

    01.12.2020, 12:59

    Qoraqalpog‘istonda 22 yoshli qiz va uning 79 yoshli buvisi pichoqlab ketildi. Ayol vafot etgan, qiz kasalxonaga yotqizildi

    01.12.2020, 12:23

    O‘zbekistonda oktabr oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil etdi

    01.12.2020, 12:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.