• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev subsidiya va kreditlar hisobiga qishloqlardagi jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-noyabr kuni hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda 2020-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Xalq qabulxonalariga jamoat transporti masalasida 3 mingdan ziyod murojaat bo‘lgani va bu sohada kamchiliklar ko‘pligini ko‘rsatishi qayd etildi.

    23-noyabr kuni Toshkent shahrida jamoat transportini boshqarish va infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi ko‘rib chiqilgan edi. O‘shanda davlat rahbari bu yangi tizimni boshqa shaharlarda ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Transport vazirligi va hokimliklar tomonidan shu boradagi imkoniyatlar o‘rganilib, takliflar tayyorlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda ushbu takliflar har bir hududdagi bittadan tuman va shahar misolida muhokama qilindi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha kuniga qariyb 20 million yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 millioni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. Bu ko‘rsatkich Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bundan ham past. 1200 ta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan.

    Prezident qishloqdan tuman markazigacha hamda u yerdan viloyat markazigacha bo‘lgan transport xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va ularning sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Odamlar uchun shahar, tuman va qishloqlar orasida transportni qulay, xavfsiz va oson qilish kerak. Bu xizmatlardan xalq rozi bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    “Masalan, buning uchun yo‘lovchi tashish xarajatlarining bir qismini bosib o‘tilgan masofa va yo‘lovchi sonidan kelib chiqib subsidiyalash mumkin. Shu bois Moliya vazirligi va Transport vazirligiga tumanlar ichida yo‘lovchi tashuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Kelgusi yildan boshlab har bir hududdagi bittadan tumanda ushbu yangi tizim tajribadan o‘tkazilib, joriy etiladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tumanlardan viloyat markazlariga qatnovchi avtobuslar eskirgani, ayrimlari xizmat muddatidan ortiq foydalanilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Avtobuslar bilan ta’minlanganlik darajasi har 100 ming aholiga 24 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Andijonda 15 taga ham yetmaydi. Transport parkini yangilash uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 800 ta avtobusga ehtiyoj mavjud.

    “Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani, shu bois mahalliylashtirish darajasini oshirib, avtobus va mikroavtobuslar narxini tushirish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

    Yo‘lovchi tashuvchi korxonalar avtobus xarid qilish uchun oladigan kreditlar foizining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismini qoplash va ularga kafillik berish tartibini joriy qilish topshirig‘i berildi.

    Ta’kidlanishicha, Prezident Samarqand shahrida jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish zaruratiga alohida e’tibor qaratgan.

    Viloyat hokimligi va mutasaddi vazirliklarga Samarqand shahrida qulay transport tizimini yaratish bo‘yicha Bosh reja loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Unda yirik chorrahalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, alohida yo‘lakli avtobuslar harakatini tashkil etish, ko‘p o‘rinli avtobuslar qo‘yish va intervallarini qisqartirish choralari belgilanadi. Shuningdek, mamlakatdagi 30 ta shahar bo‘yicha shunday bosh rejalar ishlab chiqiladi.

    Transport universiteti faoliyatini sohadagi islohotlar bilan uzviy bog‘lash, professor-o‘qituvchi va talabalarni bu jarayonga keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    “Transport-logistika masalalariga ko‘p yillar ilm bilan yondashilmadi. Zamonaviy kadrlarning yetishmasligi bu sohadagi eng og‘riqli muammo”, — dedi Prezident.

    Aholi talabidan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlar ochish, mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish, avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilish, bunga xususiy sektorni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi. Bu boradagi chora-tadbirlar ijrosi joylarga chiqqan holda o‘rganib borilishi, xalq deputatlari kengashlarida har uch oyda transport tizimi rahbarlarining hisobotlari eshitilib, aniq vazifalar qo‘yilishi belgilandi. Sohaga oid qonunlarning bugungi kun talabiga javob bermaydiganlarini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev Toshkentning markaziy ko‘chalariga parkomatlar o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi
    • Toshkentdagi 24 ta yirik chorrahaning harakatlanish tartibini optimallashtirish orqali tirbandlikni 64 foiz kamaytirish rejalashtirilmoqda
    • Toshkent metropolitenini boshqarish shahar transport boshqarmasiga o‘tkaziladi
    • Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi xalqaro yo‘llar yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi

    30.11.2020, 21:34   Izoh (0)   17463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Toshkent Yangi yil bayramiga tayyorlanmoqda

    30.11.2020, 21:22

    Urganch tumanlararo sudi sudyasi pora bilan qo‘lga tushdi

    30.11.2020, 20:57

    Yangiyo‘ldagi xonadonda gaz portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    30.11.2020, 20:33

    O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo harorati pasayadi

    30.11.2020, 20:09

    O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

    30.11.2020, 19:18

    Surxondaryoda mast haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 daraxtga borib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

    30.11.2020, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.