Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madaniyat vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib Nurbek Shukurov tayinlandi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, ushbu lavozimga tayinlov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, Nurbek Shukurov Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. 2016-yildan boshlab shu kunga qadar prokuratura organlari tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

N.Shukurov 2020-yil fevral oyidan buyon O‘zbekiston Madaniyat vazirining yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq Toshkent shahar IIBBda yangi lavozim tayinlovlar amalga oshirilgani, Baxtiyor Islomov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Filmda rol o‘ynash uchun o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirgan aktyor va aktrislar (foto) 
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri