Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Diyego Maradonaning shaxsiy shifokori Leopoldo Luke argentinalik sobiq futbolchining o‘limi sabab tergov qilinmoqda, deya xabar qilmoqda Marca.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Sud prokuratura so‘roviga ko‘ra, shifokorning uyi va klinikada tintuv ishlarini o‘tkazishga ruxsat bergan. 30 nafarga yaqin politsiyachi uning uyi va ishxonasida tintuv ishlarini olib borgan.

Luke inson o‘limiga olib kelgan beparvolikda gumon qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, Maradonaga boshidagi gematomani olib tashlash uchun o‘tkazilgan operatsiyadan keyin shifoxonadan ketishga ruxsat berilmagan. Biroq Diyego 11-noyabr kuni u yerni tark etgandi.

Prokuratura qator savollarga javob topishga urinmoqda: Maradonaga uyda qolishga ruxsat etilganmi, nima sababdan u kecha-yu kunduz shifokor mutaxassis kuzatuvi ostida bo‘lmagan, sobiq futbolchida kerakli dorilar bo‘lganmi, meditsina qoidalariga rioya etilganmi, nima sababdan uyda defibrillyator bo‘lmagan?

Eslatib o‘tamiz, Diyego 25-noyabr kuni yurak xuruji oqibatida 60 yoshida vafot etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi