Toshkent shahri Sergeli tumanida Cobalt haydovchisi 10 yoshli bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda Repost.

Ma’lum qilinishicha, Facebook’dagi “Sergeli tumani” guruhida bu haqda xabar tarqatilgan. Unga ko‘ra, hodisa 26-noyabr kuni soat taxminan 13:28 da sodir bo‘lgan.

Videoda haydovchining jabrlanuvchiga yordam bermasdan, voqea joyini tark etgani aks etgan. Ayni paytda voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida 1-sinf o‘quvchisi vafot etgani, Farg‘onada Lacetti urib yuborgan 8 yoshli qizaloq shifoxonada vafot etgani hamda Buxoroda Nexia’ning beton to‘siqqa urilib, ag‘darilishi oqibatida haydovchining rafiqasi va 7 yoshli farzandi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.