• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Ota-onasining qarshiligiga qaramay aktrisalikka qadam qo‘ygan Bollivud yulduzlari (foto)

    Aksariyat aktyor va aktrisalar farzandlari yoki oila a’zolarini kino san’atiga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Balki ular boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar uchun qarshi chiqar yoki tanlagan kasbidan afsuslangani uchun shunday yo‘l tutar. Lekin kino san’atiga chinakam muhabbat qo‘yganlar har qanday to‘siqni yengib o‘tishda o‘zida kuch topadi, xuddi quyida keltirilgan qahramonlar kabi.

    Soxa Ali Xon

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Soxa Ali Xon – aktrisa Sharmila Tagor va kriketchi Mansur Ali Xonning qizi. U 25 yoshida aktrisa bo‘lishga qaror qilgan, ammo bunga ota-onasi qarshi chiqqan. Hattoki uning akasi aktyor Saif Ali Xon ham hayron bo‘lgan. London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabining magistr darajasiga ega bo‘lgan Oksford universitetining bitiruvchisi Soxa bankda ishlagan, ammo 2004-yilga hammasidan voz kechib, kino san’atiga qadam qo‘ygan.

    “Men aktrisa bo‘laman, deb o‘ylamagandim. Ammo bankda ishlagandan so‘ng bu kasb meniki emasligini anglab yetdim. Avvaliga aktrisa bo‘lsam, barcha akam va onam bilan meni taqqoslaydi va oson yo‘lni tanlaganimni ta’kidlashadi, degan fikr bor edi. Ammo ortiq kuta olmasdim, teatr va rol ijro etishni yaxshi ko‘rardim”, − deydi ilk debyutini “Yurak ko‘prog‘ini so‘raydi” filmida Shaxid Kapur bilan ijro etgan Soxa.

    Bxumi Pednekar

    Foto: “indiaf.ru”

    Foto: “indiaf.ru”

    Konferensiyalarning birida nutq so‘zlagan Bxumi oilasiga aktyorlik haqida gapirish oson emasligini tan olgan, chunki uning oilasida kino sohasiga aloqador hech kim yo‘q edi.

    “Men ota-onamni aktrisa bo‘lishimga qanday ishontirish haqida o‘ylar edim. Bobom bir vaqtlar teatrda rol ijro etgan bo‘lsada, filmlarda qahramon bo‘lish oilamiz uchun taqiqlangan edi. Shuningdek, men yurist, muhandis va shifokorlar orasida ulg‘aydim. Ular mening qarorimni xuddi dushmanlardek qabul qildi va meni bu yo‘ldan qaytarishga urindi”, − deydi Bxumi.

    16 yoshga to‘lgan Bxumi kino maktabiga borishga qaror qiladi va to‘lovni amalga oshirish uchun talabalik kreditidan foydalanadi.

    “Nima qilishni bilmas edim, ammo o‘jarligim ham qolmadi. Kino maktabiga o‘qishga kirgan bo‘lsamda, u yerdan chetlashtirildim. Bu rollarni yomon ijro etganimdan emas, balki intizom uchun edi. Bu esa hayotimdagi eng katta pushaymonlardan biri bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng ota-onam umuman aktyorlik haqida o‘ylashimni taqiqladi va bir necha oy mobaynida o‘qishimga to‘langan kreditning qarzini to‘ladi”, − deydi Bxumi.

    Uning uchun hammasini qaytadan boshlash juda qiyin bo‘lgan. Ammo Bxumi Yash Raj Films kasting bo‘limidagi ishlab chiqarish uyiga ishga kiradi va u yerda 5 yil ishlaydi. 2015-yilga kelib, Ayushman Xurana bosh rolni ijro etgan “Quvvatingni ber/ Mening kelinim XXL” filmida rol ijro etgan.

    Kangana Ranaut

    Foto: “Bollywoodtime.ru”

    Foto: “Bollywoodtime.ru”

    Kangananing otasi tadbirkor Amardip va onasi maktab o‘qituvchisi Asha har doim qizining shifokor bo‘lishini orzu qilar edi. Maktabdan so‘ng Kangana Simladagi Ilmiy kollejga o‘qishga kigan, lekin u juda yaxshi o‘qishiga qaramay, bu kasbda ishlay olmasligini anglagan.

    “Men dastlab shifokor bo‘lishni istar edim. Ammo talabalar ilm olishning bir necha variantiga ega, men Dehliga ko‘chib o‘tdim va u yerda o‘zimni teatrda sinab ko‘rishga qaror qildim”, − deydi aktrisa.

    “Hali bir qarorga kelib ulgurmasimdanoq, suratlarimni reklama agentliklariga yuborganman. Hattoki fransuz tilini ham o‘rganishni yo‘lga qo‘ygan edim, chunki Parijda modellar uchun bir qancha imkoniyatlar mavjud edi. Keyinchalik maktabni tashlaganimni bilgan ota-onam meni uydan haydagan. Oramizdagi munosabatlar ham to‘xtagan. Keyinchalik Mumbayga ko‘chib ketdim, men uchun juda qiyin damlar edi. Ular meni qiyinchilikda qolganimni bilgach, pul yuborishgan, lekin men qabul qilmadim”, − deydi Kangana.

    U bir qancha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, bugungi kunda Hindistonning eng taniqli aktrisasiga aylangan.

    Karishma Kapur

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Kapurlar sulolasida deyarli barcha erkaklar kino sohasiga aloqador, ammo ayollarga bu borada ruxsat berilmagan. Shuning uchun ham Karishma kino olamiga kirib kelganida, uning otasi Randxir qizining qarorini qabul qilmagan. U filmlarda rol ijro etadigan ayollarni yoqtirmas edi. Ammo Karishma va uning onasi Babita o‘z qarorida sodiq qoldi. 17 yoshida Karishma maktabni tashlab, “Sevgi garovlari” filmida bosh rolni ijro etdi.

    Janvi Kapur

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ommaviy axborot vositalari ko‘pincha Shridevining qizlari – Janvi va Kushini Kardashyanning hindistonlik singillari deb ataydi. Yoshligidanoq ommaning e’tiborida bo‘lgan qizlar Bollivudda yulduzga aylanishi aniq edi. Ammo unday bo‘lmadi.

    “Janvi filmda suratga tushmoqchi ekanligini aytdi, ammo men bunga qarshi edim. Bollivud yomon joy emas, uni juda yaxshi bilaman. Lekin ona sifatida uning turmush qurganidan xursand bo‘lar edim”, − deya ta’kidlagan aktrisaning marhuma onasi Shridevi.

    Ehtimol, Shridevi o‘zi  ko‘rgan qiyinchiliklarni qiziga ravo ko‘rmaganligi uchun ham qarshi bo‘lgandir. Ammo Janvi o‘zining debyutini 2018-yil “Yurak urishi” filmi bilan boshladi va buni ko‘rish uning onasiga nasib etmadi.

    Sara Ali Xon

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Saif Ali Xon yagona qizi Sara ota-onasining izidan borib, aktrisa bo‘lishni xohlayotganini bilgach, uning qaroridan norozi bo‘lgan. Chunki ushbu sohada 25 yildan buyon ishlagan aktyor o‘z kasbini beqaror, deb biladi.

    Shuning uchun qizini Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetiga tarix va siyosatshunoslikdan ta’lim olishi uchun yuborgan. O‘sha vaqtda uning qizi og‘ir vaznga ega bo‘lib, filmlarda rol ijro etishi haqida biror narsa deyish qiyin edi.

    “Dadam menga aktrisa bo‘lishimga imkon beradigan ikkita shartni qo‘ydi, birinchisi, oliy ma’lumotli bo‘lish. Ikkinchisi vazn yo‘qotish. U ikkinchi shartni amalga oshirolmaydi, deb o‘ylagandi”, − deydi Sara.

    “Saraning malakasini hisobga olsa, u Nyu-Yorkda bemalol ishlashi va yashashi mumkin. Aktrisalik unga nima uchun kerakligini tushunmayman”, − deydi Saif Ali Xon. Ammo Sara buni amalga oshirdi. U uch yilda o‘qishni tamomlab, bir yarim yil vazni ustida ishladi. U debyut rolini “Kedarnatx” filmida ijro etdi va aynan debyut roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)
    • Foto: Bollivud yulduzlari farzandlari bilan ayni yoshda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?
    • Bollivud aktyorlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari (foto)
    • Bollivud yulduzlarining ularning izidan borishni istamagan farzandlari (foto)

    27.11.2020, 10:34   Izoh (0)   49765
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jeyson Momoa “Akvamen”ning saratonga chalingan yosh muxlisi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ta’sirlantirdi (video)

    26.11.2020, 20:46

    “Qurilish: Usmon” serialida rol ijro etayotgan aktyor Ma’ruf Otajonov Turkiya telekanali tomonidan e’tirof etildi (video)

    25.11.2020, 20:47

    Alyonushka, Ayozbobo va Kashey: Sovet ertak-filmlari qahramonlarining fojiali taqdiri (foto)

    25.11.2020, 18:22

    Xorijiy filmlarda suratga tushgan turk aktyorlari (foto)

    25.11.2020, 14:59

    “Ko‘ngil ko‘chalari”dagi Suqsur hozir qayerda? U nega kinolarda ko‘rinmay qoldi? (foto)

    25.11.2020, 12:34

    Ekranda xunuk qizlarni gavdalantirgan turli millatlarga mansub go‘zal aktrisalar (foto)

    25.11.2020, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.