Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Polsha hukumati yuborgan gumanitar yuk Varshava–Toshkent reysi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 24-noyabr kuni keldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Polsha neft va gaz kompaniyasi va Polshaning Xalqaro birdamlik jamg‘armasi O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, tibbiy o‘lchash moslamalari va COVID-19’ga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan 300 ming AQSh dollariga teng dori-darmon vositalari bilan yordam ko‘rsatdi.

Polsha Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyoti koronavirusga qarshi kurashish uchun yuborilgan vositalarni yetkazib berdi.

Bundan tashqari, yukning bir qismi Qarshi va Nukus shaharlaridagi zo‘ravonlik qurbonlari hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish uchun qurilgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari uchun mo‘ljallangan qandolat va tikuv uskunalaridan iborat.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Ushbu yordam Polshadan Ijtimoiy chetlab o‘tish xavfi ostida bo‘lgan shaxslarning integratsiyasi nomli Polsha ko‘magi doirasida rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun yetkazib berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi