• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Okean orti yulduzlari. Yevropa maydonlarini yondirayotgan amerikalik futbolchilar haqida

    Yildan yilga AQShda futbol ommalashib bormoqda. MLS’da esa tobora Yevropaning taniqli futbolchilari ko‘payib bormoqda. Albatta, bu liganing ommalashishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ammo yosh iqtidorlar AQShdan Yevropaga jo‘nab ketgan va u yerda yulduzlik darajasiga ko‘tarilgan holatlarni ham uchratish mumkin. Amerika futboli esa bundan faqat yutadi. Demak, quyida Yevropa maydonlarini yondirayotgan amerikalik yosh futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

    Serjinyo Dest

    Yoshi: 20

    Pozitsiyasi: o‘ng qanot himoyachisi

    Klubi: “Barselona”

    Foto: Mundo Deportivo

    Foto: Mundo Deportivo

    “Barselona”ning yangi futbolchisi Amerikaning biron bir klubida o‘ynamagan. Bu Destning Niderlandiyada tug‘ilib, o‘sha yerda futbol bilan shug‘ullanishni boshlagani bilan bog‘liq. Ammo Serjinyoning otasi amerikalik. Shu bois Dest xalqaro miqyosda otasining vatanini sharafini himoya qiladi. Yosh himoyachi hozirgacha o‘z mamlakati asosiy jamoasida 5 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.

    Dest klubdagi faoliyatini “Ayaks”da boshlagan. Serjinyo sakkiz yil davomida Niderlandiya poytaxti klubi tizimida bo‘ldi. Himoyachi “Ayaks” safida 38 uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2020-yil oktyabr oyida esa Dest 21 million yevro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi. Amerikalik kataloniyaliklar safida ham allaqachon 10 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Ispaniyada Serjinyoning iste’dodi va mahoratiga yuqori baho berilmoqda. Unga boshqa qit’ada o‘z nomini chiqarish va vataniga haqiqiy chempion sifatida qaytish uchun tinimsiz mehnat va o‘sish zarur.

    Kristian Pulishich

    Yoshi: 22 yoshda

    Pozitsiyasi: chap qanot yarim himoyachisi

    Klubi: “Chelsi”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Pulishich Yevropaga ketishidan oldin AQShda o‘ynashga ulgurgandi. Futbolchining Yevropadagi faoliyati 2015-yilning fevralida boshlangan. U erkin agent sifatida “Borussiya D”ga o‘tdi. Dortmundda amerikalik bir yil ichida U17 jamoasidan “arilar”ning birinchi jamoasiga o‘tdi. Shu tariqa Pulishich asosiy jamoada 127 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

    2019-yilning yanvarida Kristian 64 million yevro evaziga Londonning “Chelsi” klubiga o‘tdi. “Ko‘klar”ning hozirgi ustozi Frenk Lempard futbolchini qadrlaydi va unga katta umid bildirmoqda. Amerikalik jarohatlar tufayli hozircha o‘zining salohiyatini to‘liq ishga sololganicha yo‘q. Biroq Londonda unga xuddi AQShdagi kabi katta ishonch bildiriladi. Pulishich zamonaviy AQSh terma jamoasining eng yorqin vakillaridan biridir. Bugungi kunga qadar vinger terma safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan. Shubhasiz, uni Yevropa va vatanida yaxshi kelajak kutmoqda.

    Jovanni Reyna

    Yoshi: 18

    Pozitsiyasi: hujumkor yarim himoyachi

    Klubi: “Borussiya D”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Reyna Amerika futbolining Yevropadagi eng katta umidi hisoblanadi. Yigitcha atigi 18 yoshda, ammo u allaqachon “Borussiya D”ning asosiy o‘yinchilaridan biri. U hozirda Germaniya klubi safida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib kelmoqda. Faoliyatini “Nyu-York Siti” boshlagan Jovanni 2019-yilning yozida erkin agent sifatida “Borussiya”ga ko‘chib o‘tadi. Hozirda Reyna Dortmundda juda qadrlanadi. Yaqindagina klub Jovanni bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi. Bu esa “arilar”ning unga uzoq vaqt davomida umid qilayotganini anglatadi. Bu o‘z navbatida unga AQSh terma jamoasiga yo‘l ochib beradi.

    Reyna o‘z mamlakatining asosiy jamoasidagi debyutini 12-noyabrda o‘tkazdi (1 ta gol ham urdi). Bundesligada ham yarim himoyachi muntazam ravishda samarali harakatlari bilan ajralib turadi. Yevropada Jovannini top-klublar kuzatishni boshlab yuborgan. Ammo Reyna hozircha jamoasini o‘zgartirmagani ma’qul. Boisi Dortmund yosh futbolchilarni qanday qilib rivojlantirish va ularni keyingi bosqichga olib chiqishni yaxshi biladi.

    Ueston Makkenni

    Yoshi: 22

    Pozitsiyasi: markaziy yarim himoyachi

    Klubi: “Yuventus”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ueston Makkenni “Dallas” akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Ueston 7 yilini ushbu klub akademiyasida o‘tkazdi. Ammo bu vaqt ichida yarim himoyachi Texasning asosiy jamoasi safida bitta ham uchrashuv o‘tkazmadi. Shunga qaramay, yosh yarim himoyachi Yevropaga yo‘l oldi. 2016-yilning iyul oyida Makkenni “Shalke-04”ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Akademiyadagi bir mavsumdan so‘ng Ueston asosiy jamoaga o‘tkazildi. Amerikalik nemis klubi tarkibida 91 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

    2020/21-yilgi mavsum boshlanishidan oldin esa “Yuventus” Makkenini sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi. Futbolchiga esa omad kulib boqdi – u “Shalke-04”ni uzoq davom etadigan inqiroz boshlagan bir paytda tark etdi. Ehtimol, Germaniyada yarim himoyachi rivojlanishdan to‘xtagan bo‘lishi mumkin edi. Italiyada uning oldida yangi imkoniyatlar ochilmoqda, Andrea Pirlo ham uni muntazam ravishda maydonga tushirmoqda. “Yuventus”da Makkenniga rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, Ueston AQSh milliy terma jamoasining o‘yinchisi hisoblanadi (19 ta o‘yin, 6 ta gol).

    Yunus Muso

    Yoshi: 17

    Pozitsiyasi: o‘ng qanot yarim himoyachisi

    Klubi: “Valensiya”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Muso ushbu reytingning eng yosh vakili. Yigitcha hali 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa-da, allaqachon “Valensiya”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. Yunus Nyu-Yorkda tug‘ilgan, biroq bolaligi Italiyada o‘tgan va o‘sha yerda futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. 2012-yilda esa vinger Angliyaga yo‘l oladi va “Arsenal” akademiyasiga qabul qilindi. “Kanonirlar” asosiy tarkibida biron marta ham o‘yin o‘tkazmagan amerikalik shundan so‘ng, 2020-yilning 1-avgustida “Valensiya”ga ko‘chib o‘tdi.

    2020-yil Yusufning faoliyatidagi eng omadlisi bo‘ldi. U ushbu yilda o‘zining professional futboldagi debyut o‘yinini o‘tkazdi va gol urdi. Shuningdek, u 2020-yilda har bir futbolchi orzu qiladigan narsaga erishdi – u o‘z mamlakati terma jamoasiga chaqirildi. Bu yigitcha yangi bosqichlarga chiqish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Muso 17 yoshida dunyoning eng kuchli jamoalari hisoblanmish “Barselona”, “Atletiko” va “Real” kabi jamoalarga qarshi o‘ynamoqda.

    Boshqa maqolalar: 

    • Omad hamisha ham kelavermaydi. Zinedin Zidanning “Real”dagi “qora” kunlari haqida
    • Messiga 33 mln yevro mukofot, Neymar bilan sudlashuv va yangi transferlar uchun mablag‘. “Ko‘k-anorranglilar” ustida qora bulutlar aylanayotgani haqida
    • “Bavariya”, PSJ, “Real”, “Barselona” va manchesterliklar. Dunyoning eng qimmat klublari
    • Di Stefano, Zidan, Ramos va Ronaldu. “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar haqida
    • Bir yilga kechiktirilgan Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilsa, qanday?
    • Kelajak elitasi: Chempionlar Ligasida to‘p suradigan eng qimmat yosh futbolchilar
    • Saloh, Mane va Firminodan iborat hujum uchligini parchalagan “Liverpul”ning yangi qahramoni Diogu Jota haqida
    • Yaxshi ot keyin chopadi. “Qarigan” chog‘ida porlagan taniqli futbolchilar

    26.11.2020, 11:04   Izoh (0)   23852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maradonaning o‘limi sabab Argentinada 3 kunlik motam e’lon qilindi

    26.11.2020, 10:03

    YChL. “Real” bir o‘yinchi kam qolgan “Inter”ni taslim etdi, “Bavariya” muddatidan avval 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

    26.11.2020, 03:36

    YChL. “Liverpul” o‘z maydonida “Atalanta”ga yutqazib qo‘ydi, “Ayaks” va “Portu”da g‘alaba

    26.11.2020, 03:28

    YChL. “Manchester Siti” pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi, “Borussiya M” “Shaxtyor”ni yirik hisobda yengdi

    26.11.2020, 01:45

    “Onam meni eng zo‘ri deb hisoblaydi. Men esa hech qachon u bilan bahslashmayman”. Afsonaviy Diyego Maradona hayotidagi eng mashhur iqtiboslar

    26.11.2020, 00:09

    Diyego Maradona 23 yil avval futbol bilan xayrlashgandi, bugun esa... Argentinalik dahoning so‘nggi uchrashuvi

    25.11.2020, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34

    Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:26

    “Vodiy derbisi”, muxlislarga to‘la stadion va so‘nggi daqiqalardagi gol: “Andijon” va “Navbahor” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 13 avgust, 13:18

    Rossiya armiyasi Tramp va Putin uchrashuvi arafasida frontda oldinga siljidi — Reuters

    Dunyo | 13 avgust, 13:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.