• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AOKAning ogohlantirishi “Daryo”ga ham yetib keldi

    Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 20-noyabr kuni chiqarilgan xat bugun, 26-noyabr kuni tushdan so‘ng, “Daryo” tahririyatiga yetib keldi. Avvalroq “Gazeta.uz” va “Podrobno.uz” internet-nashrlari ham AOKAdan ogohlantirish xati olganini bildirgan edi — “Daryo”ga berilgan “ogohlantirish” ham bu ikki qo‘shni saytniki bilan mazmunan bir, faqat “qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan” sayt nomi va tegishli havolalar o‘zgargan, xolos.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uchala saytning “aybi” bir xil — birinchidan, ular Prezident matbuot xizmati 17-noyabr kuni tarqatgan axborotga tayanib, O‘zbekistonda “COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgan... o‘rinlarda 6 570 nafar bemor davolanmoqda” deb yozgan, ikkinchidan, Prezident matbuot xizmati keltirgan raqam (6 570 nafar bemor) O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq rasmiy statistika yuritishga mas’ul (biz bilishimizcha, shunday) Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) e’lon qilib kelayotgan raqamlaridan uch barobar ko‘pligini alohida ko‘rsatib o‘tgan.

    AOKAning ogohlantirish xatida qayd etilishicha, “yuqoridagi to‘la tekshirilmagan ma’lumot asosida joylashtirilgan birlamchi axborotlar... jamoatchilikda noto‘g‘ri fikrga olib kelishi kuzatildi”. Ya’ni, AOKA aytmoqchiki, Prezident matbuot xizmati axborotidagi O‘zbekistonda “COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgan... o‘rinlarda 6 570 nafar bemor davolanmoqda” degan gap — to‘la tekshirilmagan ma’lumot, demak, Prezident matbuot xizmati jamoatchilikda noto‘g‘ri fikr shakllanishiga olib keladigan to‘la tekshirilmagan axborot tarqatgan.

    Ma’lumot uchun: “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga ko‘ra, “bosh muharrir, shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi: agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan,.. yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlari orqali olingan bo‘lsa”.

    Prezident matbuot xizmati tarqatgan “to‘la tekshirilmagan ma’lumot”ni tekshirish uchun, avvalo, O‘zbekistonda hatto Prezident matbuot xizmati ham to‘la tekshirilmagan, jamoatchilikni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan ma’lumot tarqatishi mumkinligini bilish kerak. AOKAning 20-noyabr kuni OAVlarga yo‘llagan xatlaridan keyin shunday bo‘lishi mumkinligi, qaysidir ma’noda, rasman tasdiqlandi — endi buni aniq bilamiz va kelasi safar Prezident matbuot xizmati tarqatgan axborotni imkon doirasida to‘la tekshirishga, xatosi bo‘lsa, tuzatishga urinamiz, albatta.

    AOKAning mantig‘i bo‘yicha, Prezident matbuot xizmati tarqatgan “to‘la tekshirilmagan ma’lumot”ni OAVlar mavzuga mas’ul soha matbuot xizmati orqali aniqlashtirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi — gap koronavirusga chalingan bemorlar haqida borarkan, u holda SSVga murojaat qilish lozim edi. “Podrobno.uz” “ogohlantirish”ga sabab bo‘lgan materialni chiqarishdan avval SSVga murojaat qilganmi-yo‘qmi, aytilmagan; “Gazeta.uz” murojaat qilganini, ammo tezkor javob ololmaganini yozgan. “Daryo” murojaat qilmagan, chunki javob berilmaydigan joyga murojaat qilish o‘rinsiz.

    Nega endi “javob berilmaydigan joy”? Hamkasblarimizning ahvoli bunga yaxshiroq javob bo‘la oladi — “Gazeta.uz” AOKAning “ogohlantirishi” haqidagi xabarida qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi fonida 2020-yil iyul oyida O‘zbekistonda o‘limlar soni 26,4 foizga, Toshkentda 2,6 barobarga ko‘paygani yuzasidan sentabr oyida SSVdan izoh so‘ragani, lekin haligacha javob ololmaganini, 2020-yil uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha statistik hisobotga so‘nggi yillarda birinchi marta mamlakatdagi o‘lim holatlari soni kiritilmagani yuzasidan noyabr boshida berilgan so‘rov SSV tomonidan hali ham javobsiz qoldirilayotganini qo‘shimcha qilgan.

    “Daryo”ning ham SSVga yo‘llagan qanchadan-qancha so‘rovlari shunchaki javobsiz qoldirilgani AOKAdagi mas’ullarga sir emas va shuni bila turib, yana koronavirus statistikasiga daxldor ma’lumotlarni SSV orqali aniqlashtirishni talab qilish — o‘ta ketgan mantiqsizlik. “Ogohlantirish”ga sabab bo‘lgan bu materiallar “tirnoq ostidan kir qidirish” yoki “kosa ostidagi nimkosa”ni ko‘tarish mahsuli ham emas, bor-yo‘g‘i bir davlat organi tarqatgan axborotdagi raqam davlatning boshqa organi berayotgan raqam bilan taqqosi, xolos — shunga shuncha jazava, “jiddiy huquqiy oqibatlar” bilan qo‘rqitish. Shuning o‘ziyoq muammoning tag-tomiri “ogohlantirilgan” OAVlar emas, butunlay boshqa taraflarda ekanligini ko‘rsatib turibdi.

    Biz AOKAning bu xatini bosim deb hisoblamaymiz, chunki shu kecha-kunduzda OAVga bundan battar, rostmana jiddiy (va ba’zan tuturiqsiz) bosimlar yetarlicha, yo‘q joydan yana bir bosim o‘ylab topish ma’qul emas. Bu — bor-yo‘g‘i oldiga qo‘yilgan ko‘plab vazifalardan birini (masalan, matbuot xizmatlari faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni) eplay olmayotgan davlat tashkilotining yoqimsiz bir ogohlantirish xati. Faqat haddan ortiq o‘rinsiz va mantiqsiz. Biz, boshqa bir mavzu sabab asossiz ogohlantirilgan “Kun.uz”ni ham qo‘llab, uning mana shu nuqtai nazarini quvvatlaymiz — “Daryo” OAV sifatida qonun bilan belgilangan huquqlari doirasida, mavjud muammolarni xolis va shu bilan birga boricha yoritishda davom etadi.

    AOKA esa jamoatchilikda noto‘g‘ri fikrlar shakllantirishi mumkin bo‘lgan to‘la tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqat(ayot)gan, shuningdek, OAVning dolzarb masalalar bo‘yicha so‘rovlariga javob bermayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlarini tartibga chaqirishi maqsadga muvofiqdir.

    Muhrim A’zamxo‘jayev, “Daryo” bosh muharriri

    PS. AOKA “Daryo”ga 16-noyabr kuni ham ogohlantirish xati yo‘llagan edi (xat tahririyatga 18-noyabr kuni yetib kelgan). Unda agentlik “Qashqadaryoda yashil rangga bo‘yalayotgan chim” nomli xabarni “noxolis axborot” deb atagan, agar bu “axborot o‘z isbotini topmasa”, kamida to‘rtta qonun buzilishidan ogohlantirgan va shu kabi xabarlarda “mas’ul tashkilotning axborot xizmati orqali masalaga aniqlik kiritishni tavsiya qilgan”. Xabar qaysi asoslarga ko‘ra noxolis deb topilgani bildirilmagan. Xatda ijrochi sifatida ko‘rsatilgan AOKA mas’uli men bilan suhbatda xabarda yozilgan voqea haqiqatda qachon, qayerda bo‘lganini o‘zlari ham bilishi, ammo “Daryo” masalani viloyat hokimligi matbuot xizmati orqali aniqlashtirmagani uchun xat chiqarilgani, buni ogohlantirish emas, tavsiya sifatida qabul qilish lozimligini aytgan edi. “Daryo”ning Qashqadaryodagi muxbiri o‘sha kuniyoq bu voqeani o‘rganib, xabar haqqoniy ekani, haqiqatda ham chim Prezident tashrifi arafasida bo‘yalganini aniqladi, biroq raddiya ma’lum bir sabablarga ko‘ra chop etilmagan edi.

    26.11.2020, 18:15   Izoh (0)   54117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hududiy elektr tarmoqlari” nima sababdan Trailblazer xarid qilganiga izoh berdi

    26.11.2020, 17:35

    O‘zbekiston davlat bog‘chalariga navbatga qo‘yishda imtiyoz beriladigan bolalar toifalari qisqartirilishi mumkin

    26.11.2020, 17:10

    Adliya vaziri: Mashinani ishonchnoma orqali boshqarish kelajakda tarixga aylanishi kerak

    26.11.2020, 16:38

    Foto: Toshkentda mamlakat bosh archasini o‘rnatish va bezatish ishlari

    26.11.2020, 16:09

    Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari Navoiy viloyatiga prokuror bo‘ldi. Bir kun avval Navoiy viloyati prokurori Sirdaryoga prokuror bo‘lgandi

    26.11.2020, 15:34

    Rossiya Farg‘onadan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq qo‘ydi

    26.11.2020, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari xizmat safari natijalari, xarajatlar onlayn kuzatib boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 14:54

    Bred Pitt “Formula 1” filmiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 9,5 ming km dan ortiq masofani bosib o‘tdi

    Kino | 20 iyun, 14:53

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari maoshi ularning ish tajribasi, natijadorligidan kelib chiqib shakllantiriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 14:31

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    Sport | 20 iyun, 14:15

    Meksikadagi “Erik” to‘foni mamlakatda yilning eng kuchli bo‘roniga aylandi

    Dunyo | 20 iyun, 14:14

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.