Rossiyaning Zelenograd shahrida joylashgan Konchalovskiy nomidagi klinika shifokorlari 53 yil davomida burnida tanga bilan yurgan erkakni operatsiya qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Shutterstock

Erkak shifoxonaga nafas olishda qiynalayotgani sabab murojaat qilgan. O‘tkazilgan kompyuter tomografiyasi burun bo‘shlig‘i noma’lum buyum bilan yopilib qolgani va nafas olishdagi muammo aynan shu sabab yuzaga kelganini ko‘rsatgan.

Bemor olti yoshligida 1 tiyinli tangani o‘ynaganini eslagan. O‘shanda u tangani burniga tiqqan va chiqarib ololmagan, ammo onasiga bu haqida hech narsa demagan — jazolashidan qo‘rqqan. Keyin esa buni umuman unutib yuborgan. Oradan 53 yil o‘tgach tanga toshli o‘simta bilan qoplana boshlagan.

Erkak operatsiya qilingan: shifokorlar tangani chiqarib olgan va shu bilan birga, burunning qiyshaygan tog‘ay qismini olib tashlagan. Faqat bemor tibbiyot xodimlarining maslahatlariga qaramay, operatsiyadan so‘ng burun bo‘shlig‘iga qo‘yiladigan tamponlarni muddatidan oldin chiqarib olgan. “Onasidan qattiqqo‘lroq odam yo‘q u uchun”, — deya shikoyat qiladi shifokorlar.

Avvalroq Yangi Zelandiyada istiqomat qiluvchi bola burniga kirib qolgan o‘yinchoq mashina qismi bilan ikki yil yurgani to‘g‘risida xabar berilgandi.