• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tog‘li Qorabog‘ mojarosining yakuni, Peru va Moldovada yangi prezidentlar, Ilon Maskning reytingi. Jahon hafta ichida

    Mana, noyabrning uchinchi haftasi ham nihoyasiga yetdi. Tog‘li Qorabog‘da urushning tugashi, Peru va Moldovadagi siyosiy yangiliklar, Ilon Maskning navbatdagi muvaffaqiyati va har haftalik dayjestda o‘z o‘rniga ega koronavirus yangiliklari bilan tanishing.

    “Qorabog‘da urush tugadi”

    Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘tgan haftada Qorabog‘ viloyatidagi urushning tugaganini ma’lum qildi. “Urush maydonida sharafli g‘alabani qo‘lga kiritgan Ozarbayjon siyosiy maydonda ham o‘z maqsadiga erisha oldi”, dedi prezident Agdam shahri va Agdam tumanining armiya tomonidan egallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xalqqa murojaatida.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Aliyevning ta’kidlashicha, Armaniston “okkupatsiya abadiy bo‘ladi”, degan umidda istehkomlar qurdi. “Ular yangi xaritalarni tuzdi, ularga ko‘ra, ayirmachi Tog‘li Qorabog‘ nafaqat sobiq Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatini, balki boshqa barcha bosib olingan yerlarni qamrab olgandi. Bu xaritalar endi qayerga ketdi? Ular g‘oyib bo‘ldi, bu xaritalar endi yo‘q”, dedi Ozarbayjon prezidenti.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston armiyasi endi yo‘q. “Biz uni yakson qildik, mag‘lub etdik, yo‘q qildik. Agdam viloyati bizga birorta o‘qsiz qaytadi”  dedi davlat rahbari.

    Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida 10-noyabrda imzolangan kelishuvga muvofiq, Ozarbayjon harbiy harakatlar paytida bosib olingan hududni ham, 1990-yillarning boshlarida qo‘ldan chiqarilgan Lachin, Agdam va Kelbajar tumanlaridagi aholi punktlarini ham oladi.

    Armaniston Qurolli kuchlari o‘z pozitsiyalaridan olib chiqilmoqda, mintaqaga ikki mingga yaqin rus tinchlikparvari texnika bilan olib kelinmoqda. Armanistonga Qorabog‘ga transport yo‘lagi yaratilishi kafolatlanadi, shu bilan bir vaqtda Ozarbayjondan Naxichevan eksklavigacha transport yo‘lagi yaratiladi.

    Shuningdek, mintaqaga rus tinchlikparvarlaridan tashqari turkiyalik harbiylar ham kelishi kutilmoqda. O‘tgan haftada Turkiya parlamenti mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Ozarbayjonga qo‘shinlarni yuborish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi. Hozirda harbiylarni Ozarbayjonga yuborish bo‘yicha tayyorgarliklar ko‘rilmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

    “Yaqin kelajakda turkiyalik harbiylar Ozarbayjonga jo‘nab ketadi. Turkiya qurolli kuchlarining quruqlikdagi kuchlari mashg‘ulotlarini yakunladi”, deb vazirning so‘zlarini keltirgan Anadolu agentligi.

    Ushbu harbiy xizmatchilar Rossiya bilan birgalikda tuzilayotgan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha markaz ishiga jalb etilishi taxmin qilinmoqda. Mandat muddati bir yil etib belgilandi. Hukumatning qayd etishicha, nizo hududiga harbiylarni jo‘natish Turkiya milliy manfaatlariga muvofiq keladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tinchlikparvarlari Tog‘li Qorabog‘ hududiga kirmaydi. Turkiya faqatgina Ozarbayjon hududidan turib vaziyatni kuzatadi, deya aniqlik kiritgandi Lavrov. Hafta boshida Ozarbayjon hukumati Qorabog‘dagi harbiy harakatlar davomida qancha tinch fuqaro halok bo‘lganiga ham aniqlik kiritdi.

    Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon hamda Armaniston o‘rtasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 94 nafar ozarbayjonlik tinch aholi vakillari halok bo‘ldi.

    “Armaniston qurolli kuchlarining o‘t ochishi oqibatida 27-sentabrdan bugungi kunga qadar 94 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi, yana 414 nafar tinch aholi vakili turli darajadagi tan jarohatlari oldi”, deyiladi prokuratura ma’lumotida.

    Peru va Moldovadagi almashgan prezidentlar

    Moldovada o‘tgan prezidentlik saylovlarida mamlakat bosh vaziri Mayya Sandu g‘alaba qozondi. Saylov ikki turda bo‘lib o‘tdi. Moldovada saylovni o‘tkazish 2019-yilning iyunida respublikaning konstitutsiyaviy sudi Dodonni deputatlar so‘rovi bo‘yicha lavozimidan chetlashtirgach belgilangan edi. Bu 2016-yili Dodon prezident etib saylanganidan buyon oltinchi marotaba chetlashtirish hisoblanadi.

    Moldovada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 2020-yil 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Dodon 32,74 foiz natija bilan Sandudan ortda qolgan edi (unda 35,96 foiz ovoz). 15-noyabr kuni mamlakatdagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida ovozlarning qariyb 100 foizi hisoblab chiqilganidan keyin, MSK ma’lumotlari bo‘yicha, Sandu ovozlarning 57,74 foizini, amaldagi prezident 42,26 foizini qo‘lga kiritdi. Saylovda saylovchilarning 50 foizdan ziyodi qatnashdi.

    Shu tariqa Mayya Sandu Moldovaning yangi prezidenti etib saylandi. Sandu Yevropa ittifoqi bilan integratsiya, Ruminiya va Ukraina bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori. Shuningdek, u Pridnestrovyedagi nizo hududidan Rossiya harbiylari olib chiqib ketilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Foto: “24 Kanal”

    Foto: “24 Kanal”

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mayya Sanduni Moldova prezidenti saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Yangi prezident Pridnestrovyedagi vaziyatni tartibga solish uchun hududdan rossiyalik tinchlikparvarlarni chiqarish zarurligini qayd etdi.

    “Moldovaning federallashuviga qarshiman, Dodon va uning partiyasi taklif qilgan variantlarga rozi emasman. Sababi, ular federallashuv haqida aniq taklif bildirmagan bo‘lsa ham bu haqida gapirgan. Nizoni hal etishning eng to‘g‘ri formatini topishimizga ishonaman. Unda rossiyalik tinchlikparvarlarning hududdan to‘liq chiqarilishi ham ko‘zda tutilishi zarur. Biz bu haqda har doim gapirganmiz va bundan keyin ham gapiraveramiz”, dedi Sandu “Yevropeyskaya pravda” nashriga bergan intervyusida.

    Shuningdek, Sandu hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan aniq format hanuzgacha ishlab chiqilmaganini ham alohida ta’kidladi.

    Moldovada hammasi “silliq” yakunlangan bo‘lsa, Peruda vaziyat boshqacha tus oldi. Perudagi siyosiy inqiroz sentabrda boshlandi. O‘shanda davlat rahbari Viskarraga tegishli audioyozuv e’lon qilingandi. Unda prezident qo‘shiqchi Richard Sving bilan uchrashganini tan oldi. Viskarra Madaniyat vazirligi bilan shartnoma tufayli qo‘shiqchiga nisbatan sud ishi yuzasidan tekshiruvlarga to‘sqinlik qilishda ayblangandi. Viskarra mamlakat hududlaridan birini boshqarayotgan vaqtida yirik miqdorda pora olganlikda gumon qilindi.

    Dastlab, kongress (Peruning bir palatali parlamenti) Viskarraga nisbatan impichmentni yoqlab ovoz bergan edi, ammo besh kundan keyin o‘z qarorini o‘zgartirdi. O‘shanda deputat Fransisko Sagasti buni mamlakat koronavirus pandemiyasi sharoitlarida yashayotgan bir paytda hozir impichmentning vaqti emasligi bilan izohlagan edi. Oxir-oqibat, Viskarra 10-noyabr kuni lavozimidan olindi. Shundan keyin Peruda uning tarafdorlari ko‘chalarga chiqdi.

    Konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbari o‘rnini parlament spikeri Merino de Lama egalladi. Ammo olti kundan keyin u iste’fo berdi. Merino de Lamani lavozimidan chetlatish talabi Peruda 9-noyabr kuni boshlangan  norozilik namoyishlarida ikki kishi halok bo‘lishi bilan bog‘liq. 14-noyabr kuni Limada milliy politsiya bilan to‘qnashuvlar chog‘ida ikki yosh yigit vafot etdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Shundan keyin Peru vazirlar mahkamasining 13 a’zosi Merino de Lama bilan ishlashdan bosh tortdi va ishdan ketishini ma’lum qildi. Ular orasida sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, adliya, iqtisodiyot, madaniyat, savdo va turizm, ta’lim, energetika, mudofaa hamda ichki ishlar vazirlari bor. Peruning yangi prezidenti Fransisko Sagasti bo‘lishi mumkin. 16-noyabr, dushanba kuni u ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, kongress  spikeri etib saylandi. Bu Sagastiga davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilish huquqini beradi.

    76 yoshli Sagasti Peruning o‘ng markazchi Qirmizi partiyasi yetakchilaridan biri. U bir hafta ichida prezident lavozimidan ketgan Martin Viskarra va Manuel Merino de Lamadan keyingi uchinchi prezidentga aylanishi mumkin. Sagasti prezident bo‘lsa, boshqa partiyalar vakillari Mirta Vaskes, Luis Roel va Matilda Fernandes vitse-prezident bo‘lishi kutilmoqda.

    “Parvoz qilayotgan” Mask

    Tesla va Space X rahbari Ilon Mask Bloomberg’ning milliarderlar global reytingida uchinchi o‘ringa chiqib olib, Mark Sukerbergdan o‘zib ketdi. 19-noyabr holatiga ko‘ra, Maskning boyligi 120 milliard dollarga, Sukerbergniki  103 milliard dollarga baholanmoqda.

    Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmenning davlati bir kunda 10,2 milliard dollarga o‘sdi, bunga Tesla aksiyalarining 10 foizga ko‘tarilishi sabab bo‘ldi. Bloomberg reytingida birinchi o‘rinni hamon Amazon asoschisi Jeff Bezos 183 milliard dollar bilan egallab turibdi, ikkinchi o‘rin esa Microsoft asoschisi Bill Geytsga tegishli (128 milliard dollar).

    Forbes global reytingida ham 19-noyabr holatiga ko‘ra, Mask (to‘rtinchi o‘rin, 105 milliard dollar) Sukerbergni (beshinchi o‘rin, 99,9 milliard dollar) ortda qoldirdi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Vaksinalar “poygasi”

    Koronavirus pandemiyasi bugungi kunda butun isnoniyatni tashvishga solib turgan eng asosiy xavf bo‘lmoqda. Ko‘pchilik uning tugashini vaksinalar yaratilishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqda va vaksina yaratilishini kutmoqda. Mutaxassislar esa dunyoning turli mintaqalarida vaksina ustida ish olib bormoqda. Xitoy, Rossiya, AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Qozog‘iston kabi davlatlarda olimlar vaksina yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. O‘tgan haftada ham bir qator vaksinalarning muvaffaqiyatlari haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

    Jumladan, noyabr o‘rtalarida Moderna kompaniyasi uning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarning uchinchi bosqichida 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatganini e’lon qilgandi. Sinovlarning uchinchi bosqichi 30 ming kishida amalga oshirildi. Vaksinaning ikkinchi dozasi qabul qilinganidan ikki hafta o‘tgach, tadqiqot ishtirokchilarining 95 nafari koronavirus bilan kasallandi, ularning 90 nafari platsebo va besh nafari vaksina qabul qildi.

    AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19‘ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etishini ma’lum qildi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, vaksina sinovda qatnashayotgan kishining yoshi, irqi va millatidan qat’iy nazar, samarali bo‘ldi. Dastlabki sinov natijalari 90 foiz samaradorlikni ko‘rsatgandi.

    “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti esa AQShning Moderna kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina haqidagi ma’lumotni umid beruvchi deb atadi. Tashkilot tomonidan qayd etilishicha, kompaniya tomonidan berilgan ma’lumotlar aniq xulosalar qilish uchun yetarli emas.

    Moderna kompaniyasi shuningdek, vaksinaning har bir dozasi uchun taxminiy narxlarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina har bitta dozasi 25 dollardan 37 dollargacha bo‘ladi. Bu haqda kompaniya rahbari Stefan Bansel Germaniyaning Welt gazetasiga ma’lum qildi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy narx buyurtmachiga zarur bo‘lgan partiya hajmiga bog‘liq bo‘ladi. “COVID-19’ga chalingan og‘ir bemorlarni davolash sog‘liqni saqlash tizimiga qanchaga tushayotganini hisobga olganda, bu adolatli narx. Biz maksimal daromad olishga qiziqqanimiz yo‘q”, deya aniqlik kiritdi Bansel.

    Moderna rahbari aytishicha, hozir kompaniya dorini Yevropaga yetkazib berish haqida Yevrokomissiya bilan muzokaralar olib bormoqda. “Biz Yevropani ta’minlashni istaymiz va konstruktiv muzokaralar olib boryapmiz”, dedi Bansel vaksinani yetkazib berish haqida shartnoma imzolashga bir necha kun qolganini qo‘shimcha qilar ekan.

    Banselning ta’kidlashicha, muzokaralarning asosiy jihatlaridan biri vaksinani zaxira qilish uchun to‘lov hisoblanadi. Yil oxirigacha kompaniya 20 millionta doza ishlab chiqarmoqchi, shuning bir qismi Yevropaga yetkaziladi.

    Ayni damgacha butun dunyoda koronavirus kasalligini yuqtirib olganlarning umumiy soni 58,7 milliondan oshdi. Shulardan 40,6 milliondan ortiq kishi tuzalib ketgan bo‘lsa, 1,3 million kishi kasallik oqibatida vafot etdi. 16 milliondan ortiq bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

    Davlatlar miqyosida AQSh (12 million), Hindiston (9 million) va Braziliya (6 million) yetakchilik qilmoqda.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    23.11.2020, 11:12   Izoh (0)   44244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida qariyb 14 mlrd dollarga o‘sdi

    23.11.2020, 08:53

    Armaniston Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ hududlari aholisiga 600 dollardan moliyaviy yordam beradi

    23.11.2020, 07:36

    Niderlandiyalik jurnalist Yevroittifoq mudofaa vazirlarining yopiq videoanjumaniga kirib qoldi. Hammasi Twitter’dagi postdan boshlangan

    23.11.2020, 07:21

    Yevroittifoq AQShdan jinoyatchilarni qatl qilishni to‘xtatishni so‘radi

    23.11.2020, 06:46

    Ilon Mask birinchi kolonistlar Marsda qanday yashashini so‘zlab berdi

    23.11.2020, 06:00

    Braziliyada qora tanli erkak supermarket qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilganidan so‘ng tartibsizliklar boshlandi

    22.11.2020, 23:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.