“Liverpul” Angliya Premyer Ligasi 9-turida “Lester”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
41-daqiqada mersisaydliklar hujumchisi Diogu Jota “tulkilar” darvozasini ishg‘ol qildi.
Buning evaziga portugaliyalik futbolchi “Liverpul” safida APL doirasidagi dastlabki to‘rtta uy o‘yinida gol urishga erishgan ilk o‘yinchi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Opta.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” Jotani 2020-yilning sentabrida “Vulverhempton”dan 44,7 million yevro evaziga sotib olgandi.
Jota Angliya chempionati joriy mavsumida 7 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol muallifiga aylandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)