“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing oktabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi.

Foto: Bundesliga

Polshalik futbolchi o‘tgan oyda Germaniya chempionatida uchta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu nom uchun Levandovskining jamoadoshi Tomas Myuller, shuningdek, Lukas Alario (“Bayer”), Anxelinyo (“Leypsig”), Mateus Kunya (“Herta”) va Mats Hummels (“Borussiya D”) kabi futbolchilar da’vogarlik qilgandi.

Sentabr oyida ushbu sovrin “Hoffenhaym” hujumchisi Andrey Kramarichga nasib etgandi.

Levandovski Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 11 gol va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!