Anjelina Joli harbiy suratkash Don Makkallin haqida “Asossiz xatti-harakatlar” hujjatli filmini sahnalashtiradi. Ushbu film 2017-yilda “Ular avval otamni o‘ldirgan” dramasidan keyin uning ilk rejissorlik loyihasi bo‘ladi, deb yozadi “KinoPoisk”.
Film Makkallinning shu nomdagi tarjimayi holiga asoslangan bo‘lib, kitob “71” trillerining ssenariysi uchun BAFTA nomzodi bo‘lgan Gregori Burk tomonidan tayyorlangan.
Film suratkashning karyerasi va qanday qilib qashshoqlikdan dunyodagi eng xavfli urush zonalariga o‘tib qolganini o‘rganadi. Suratkash Makkallin Vyetnam va Kambojada The Observer, Sunday Times nashrlarida ishlab yurgan kezlari oq-qora suratlari bilan tanilgan.
Kartinaga Tom Xardi va uning sherigi Din Beykerga tegishli bo‘lgan Working Title va Hardy Son & Baker Producing kompaniyalari prodyuserlik qilmoqda. Hozircha filmda ishtirok etuvchi aktyorlar tarkibi, suratga olish sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)