Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Millatlar Ligasi doirasida kechgan Ispaniyaga qarshi o‘yindan (0:6) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Hozir nimanidir tushuntirish qiyin. Hammasi o‘ylaganimizdek bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qaytish uchun personal pressingda harakat qilishga urindik. Biroq Ispaniya yaxshiroq, tezkorroq va aniqroq edi. Bizda imkoniyat yo‘q edi. Bu qora kun.

Myuller, Boateng va Hummels? Biz o‘z safimizdagi futbolchilarga ishonishimizni aytganmiz va bu borada to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Bu o‘yin orqali rivojlanishimiz u qadar tez bo‘lmayotganini ko‘rdik, vaholanki, so‘nggi o‘yinlardan keyin bunga umid bor edi. Biroq biz hali ham bu yigitlarga ishonamiz.

Albatta, menda javob izlashga xohish bor. Bu mening qarzim.

Yoaxim Lyov, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi

Bu Germaniya terma jamoasi tarixida rasmiy uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?