Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Federatsiya Kengashi (Senat) Rossiya prezidentiga 10-noyabrdan Tog‘li Qorabog‘ga zaruriy qurollanish va maxsus texnikalarga ega tinchlikparvar harbiy kontingentni yo‘naltirishga ruxsat berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bu boradagi tegishli qaror 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament yuqori palatasining 492-yig‘ilishida qabul qilingan. Uni ovoz berish jarayonlarida ishtirok etgan 129 senatorning barchasi qo‘llab-quvvatladi.

Rossiyalik tinchlikparvarlarni Tog‘li Qorabog‘ga kiritish bo‘yicha qaror 10-noyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha imzolangan bitim doirasida qabul qilingan. Rossiyalik harbiylarning dastlabki guruhlari Qorabog‘ga 10-noyabrning o‘zida yetib borgan.

Rossiya prezidenti qurolli kuchlardan mamlakat tashqarisida foydalanishi uchun Federatsiya Kengashidan ruxsat olishi kerak. Xususan, 2014-yilning 1-martida senatorlar Vladimir Putinga Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududiga kiritishga ruxsat bergan edi.

Avvaliga Kreml Federatsiya Kengashining 2015-yil sentabrdagi qarori amalda bo‘lgani uchun prezidentga tinchlikparvarlarni Qorabog‘ga kiritish uchun qo‘shimcha ruxsat kerakmasligini aytgandi. Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi rahbari Andrey Klishasning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Qorabog‘ga harbiylarni kiritish bo‘yicha senatorlardan baribir ruxsat olishga qaror qilgan, chunki tinchlikparvarlar missiyasi uzoq davom etadigan xarakterga ega.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya yetakchilari 9-noyabr kuni kechqurun Qorabog‘da janglarni to‘xtatish haqida uch tomonlama shartnoma imzoladi. Sulh shartlari Kelbajar, Agdam, Lachin tumanlari va Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar Ozarbayjon nazorati ostiga berilishini nazarda tutadi.

Bahsli hududga 2 mingga yaqin Rossiya tinchlikparvarlari kiritiladi, ular o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilinishini nazorat qiladi. Shuningdek, tomonlar asirlar, marhumlarning jasadlarini ayirboshlashni boshlaydi va mintaqada transport qatnovini qayta tiklaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi