Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Andijon viloyati Andijon tumanidagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgandi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, 2020-yil 17-noyabr kuni soat 21:15 larda Andijon tumani “Sultonobod” mahallasida joylashgan “Yorboshi vodiy savdo” MChJga tegishli bo‘lgan oshxona va savdo do‘konlarining umumiy 692,9 kvadrat metr qismi yonib, taxminan 1 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi (og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Oqdaryodagi buyum bozorida hamda Asakadagi kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi