• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada “So‘x voqealari”da ayblangan 22 kishi ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

    Farg‘ona viloyatida “So‘x voqealari” bo‘yicha 22 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish jarayoni boshlangandi. “Kun.uz”ning xabar berishicha, 16-noyabr kuni navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “Turmush.kg”

    Foto: “Turmush.kg”

    Qayd etilishicha, sud majlisida sudya Tojiddin Vahobov dastlab davlat ayblovchisiga so‘z berdi. U to‘plangan dalillarga asosan, So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetkazilganini ta’kidladi. Shundan so‘ng sudya har bir ayblanuvchidan e’lon qilinayotgan ayblovga iqror yoki iqror emasligini birma-bir so‘rab chiqdi. Ayblanuvchilarning ayrimlari iqror emasligini, ayrimlari esa qisman iqror ekanligini bildirdi.

    Sud majlisida sudya ayblanuvchilar Maxsum Ahmedov, Ravshan Mirsharipov hamda Nazirjon Jo‘rayevdan 31-may kun sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha ko‘rgan-bilganlarini aytib berishni so‘ragan.

    Mavzuga doir: So‘xdagi tartibsizliklarda ayblanayotgan olti kishining ismi ma’lum bo‘ldi

    Ayblanuvchi Maxsum Ahmedov 31-may kuni soat 14:30 larda voqealar sodir bo‘lishi arafasida uyda bo‘lgani, Chashma bulog‘ida odamlar yig‘ilayotganini eshitib, Damas rusumli avtomashinaga o‘tirib, to‘polon bo‘layotgan joyga borganini, o‘zbek va qirg‘izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagani, viloyatning o‘sha vaqtdagi hokimi Shuhrat G‘aniyev janjalli joyga kelgani haqidagi xabarni uyga qaytayotgandagina eshitganini ta’kidlagan.

    Sudlanuvchi Ravshan Mirsharipov esa o‘z so‘zida tumandagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashini, Chashma bulog‘i voqealarida o‘g‘illarining ham ishtirok etayotganini eshitib, voqea joyiga ularni olib kelish uchun borganini aytib o‘tgan.

    Shundan so‘ng so‘z sudlanuvchi Nazirjon Jo‘rayevga berildi. U o‘sha kuni mirob unga qo‘ng‘iroq qilib, Chashma bulog‘ida janjal ko‘tarilgani, ichki ishlar xodimi ham orada telefon qilib qirg‘izlar tomonida tanishi ko‘pligi uchun janjalni bostirishda uning ko‘magi kerakligi haqida aytgani, ko‘chaga chiqqanida mashinalar Chashma tomonga ketayotgani, u ham o‘z mashinasiga o‘tirib shu tomon borgani, yo‘lda to‘xtab har ehtimolga qarshi do‘kondan 2 ta dastkalla (tayoq) olib mashinasiga tashlab qo‘ygani, lekin ularni hodisa joyida ishlatmaganini aytgan.

    Nazirjon Jo‘rayevning qo‘shimcha qilishicha, u to‘qnashuv joyida o‘spirin bolaning qo‘lida bo‘lgan pichoqni birovga zarar yetmasligi uchun olib qo‘ygan, pichoq yonida turganiga qaramay ishlatishga ehtiyoj bo‘lmagan. Ikki xalq o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun yelib-yugurib, oqibatda janjalda yaralanib jabr ko‘rgan. U Shuhrat G‘aniyev jabr ko‘rmasligi uchun esa uni xatarlardan himoya qilganini aytib o‘tgan.

    Xabarda ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglangach, advokatlar ularga savollar bilan murojaat qildi. Shundan so‘ng sud ishida 23-noyabr soat 10:00 ga qadar tanaffus e’lon qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31-may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni voqea yuz bergan joyga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashgan.

    Abdulla Aripov Qirg‘iziston rasmiylari bilan hodisa yuzasidan muzokara olib borgan. Shu kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari mazkur hodisani telefon orqali muhokama qilgan. Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.

    Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurgan. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlangandi.

    So‘x tumanida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi. Keyinchalik ular orasida bosh vazir bilan uchrashuvda viloyatning sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyevning iste’fosini so‘ragan bloger Dadaxon Haydarov (Haydarjon Bobohaydarov) ham borligi ma’lum bo‘ldi. Bloger 2-sentabr kuni ozodlikka chiqarilgan.

    Mavzuga doir:

    • So‘xdagi Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan xonadonlar tiklab berildi
    • Abdulla Aripov So‘x bo‘yicha hech bir topshiriq “qog‘oz”da qolmasligini ta’kidladi
    • Prezident So‘x tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzoladi

    17.11.2020, 16:11   Izoh (0)   20710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi 26 ta ko‘prik ayanchli holatga kelib qolgani ma’lum qilindi

    17.11.2020, 15:57

    Andijonda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, qaynotasining mashinasini yoqib yuborgan kelinga sud hukmi o‘qildi

    17.11.2020, 15:10

    Surxondaryoda “samosud” uyushtirib, janjal sodir etgan guruhga nisbatan jinoiy ish ochildi

    17.11.2020, 14:12

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-noyabr kuni qor yog‘adi

    17.11.2020, 13:59

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga yuborildi

    17.11.2020, 12:46

    Andijonda 65 yoshli erkak qo‘shnisining voyaga yetmagan nogiron qizini muntazam zo‘rlab kelgani aniqlandi

    17.11.2020, 12:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.