Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artem Novikov va Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak Moskvadagi uchrashuvda Qirg‘izistonga Rossiyadan moddiy yordamni qayta tiklash to‘g‘risida kelishib oldi, deya xabar qilmoqda “Kommersant”.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Rossiya tomonidan Qirg‘izistonga moliyaviy yordamni bosqichma-bosqich qayta tiklash masalasi kelishib olindi”, – deb ta’kidladi Qirg‘iziston hukumati. Tafsilotlar taqdim etilmagan.

Novikov 2020-yilgi parlament saylovlaridan so‘ng Qirg‘izistondagi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda Rossiyaning alohida roli uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qirg‘izistonga moliyaviy ko‘mak berishni 15-oktabr kuni to‘xtatgan edi. Bunga mamlakatdagi yuzaga kelgan vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda 4-oktabr kuni parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentda deputatlik o‘rniga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan yetti foizlik dovondan to‘rtta partiya o‘ta oldi.

Saylov natijalaridan norozi bo‘lgan minglab kishilar 5-oktabr kuni namoyishga chiqdi. Namoyishlar tartibsizlikka aylanib ketdi, tartibsizliklarda bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi vafot etdi. Namoyishchilar mamlakat parlamenti va prezident administratsiyasi joylashgan binoni egallab oldi, shuningdek, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni qamoqdan ozod qildi. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 6-oktabr kuni parlament saylovi natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

15-oktabr kuni So‘ronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidentligi lavozimidan iste’fo berganini e’lon qildi. U bosh vazir Sadir Japarov va boshqa siyosatchilardan o‘z tarafdorlarini poytaxtdan olib chiqib ketishni so‘ragan va ulardan bishkekliklar tinchligini buzmaslikni iltimos qilgan. 16-oktabr kuni parlament majlisida Qonunchilik kengashi spikeri Kanat Isayev davlat rahbarining vazifalarini vaqtincha bajarishni rad etgan. Yakunda bosh vazir Sadir Japarov prezident vazifasini bajaruvchiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi