• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston gaz bo‘yicha “Lukoyl” oldidagi qarzdorligini muntazam qoplab kelmoqda

    O‘zbekiston Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi oldidagi gaz bo‘yicha qarzdorligini muntazam qoplab kelmoqda. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatov 6-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Behzod Normatov.

    Behzod Normatov.
    Foto: “Gazeta.uz”

    O‘zbekiston 2018-yilda yetkazib berilgan gaz uchun “Lukoyl”dan 600 million dollar miqdorida qarz bo‘lib qolgani 2019-yil mart oyida ma’lum bo‘lgan edi. Rossiya kompaniyasi Qandim—Hovuzak—Shodi—Qo‘ng‘irot va Janubi-Sharqiy Hisor loyihalarida mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB) shartlari asosida ishlaydi.

    Qarzdorlik O‘zbekiston “Lukoyl” qazib olgan gazning bir qismini ichki bozor uchun olib qolgani ortidan yuzaga kelgan, vaholanki MTB shartlarida “Lukoyl” O‘zbekistonda qazib olgan gazining hammasini eksport qilishi belgilangan. O‘shanda “O‘zbekneftgaz” holat yuzasidan izoh bermagan.

    2019-yil iyunida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston “Lukoyl”dan ichki bozor uchun har ming kub metr gazni 146 dollardan sotib olib, aholiga 40 dollardan sotganini ma’lum qilgan edi. Davlat rahbarining tushuntirishicha, 100 dollarlik farq tufayli 600 million dollarlik qarz vujudga kelgan.

    Shuningdek, Prezident mahsulot taqsimotiga oid bitimni tuzishda mamlakat milliy manfaatlari inobatga olinmaganini tanqid qilgan edi.

    “Qarzga kelsak, avval ham aytganimdek, bizning, hukumatning asosiy vazifamiz — aholini gaz bilan ta’minlash. Biroq aholiga yetkazib berilayotgan gaz narxi va eksport qilinayotgan gaz narxida katta tafovut mavjud. Shunga qaramay, o‘shanda, zarurat bo‘lganida ‘Lukoyl’dan gaz sotib olingan va ichki bozorga yo‘naltirilgan. Narxdagi katta farq tufayli qarzdorlik vujudga kelgan”, — dedi energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatov juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “Lukoyl” bilan kelishilgan sxema bo‘yicha O‘zbekiston o‘z qarzdorligini muntazam qoplab kelmoqda. “Bu muammo emas. Biroq hozir qancha qarz qolgan? Buni aytolmayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Behzod Normatov.

    “Lukoyl” va O‘zbekiston qarzdorlikni ikki yil muddatda har oy teng miqdordagi to‘lovni amalga oshirish orqali restrukturizatsiya qilish hamda “Lukoyl” mamlakat ichki bozoriga yiliga 5 milliard metr kub miqdoridagi gazni oldindan to‘lov asosida o‘rtacha hisoblangan eksport netbekiga nisbatan 12,5 foizlik chegirma bilan yetkazib berishga kelishib olgan.

    Avvalroq Behzod Normatov “Lukoyl” 2020-yilda O‘zbekiston ichki bozoriga taxminan 5 milliard metr kub gazni eksport narxidan past qiymatda yetkazib berganini ma’lum qilgan edi.

    09.11.2020, 07:51   Izoh (0)   12320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda SES xodimi koronavirusdan vafot etgan fuqaroning jasadini qarindoshlariga berish uchun 2 mln so‘m talab qildi

    09.11.2020, 07:07

    O‘zbekistonda mehnat muhojirlari majburiy soliqqa tortilishi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

    08.11.2020, 23:41

    Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi

    08.11.2020, 23:21

    “Prokuror va departament xodimlari uxlayapti”. Bosh prokuror soliqlar bazasini kengaytirish imkonini beradigan obyektlar ro‘yxatga olinmaganini tanqid qildi

    08.11.2020, 22:30

    O‘zbekistonda 2020-yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan

    08.11.2020, 21:41

    Farg‘onada moliya bo‘limini aldab, tadbirkorlarning 1,2 mlrd so‘mini “yeb yuborgan” soliqchilar ushlandi

    08.11.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.