Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hukumatning bu haqdagi tegishli qarori 30-oktabrda qabul qilingan.
Transport vazirligi 2019-yil fevralida avtomobil, temiryo‘l, havo, daryo transporti, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi davlat boshqaruvi organi sifatida tashkil etilgan va unga Ochilboy Ramatov rahbar etib tayinlangandi.
2020-yil yanvarida Ochilboy Ramatov o‘rniga Elyor G‘aniyev tayinlangan va shu yilning avgustida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan, shundan buyon ushbu lavozim vakantligicha qolgandi.
Ilhom Mahkamov lavozimga tayinlanguniga qadar transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)