Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida yer savdosi bilan bog‘liq yana bir jinoiy harakatga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Urganch tumanida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari shu tumanda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, jamiyatga chorvachilik uchun ajratilgan yer maydonidan 3 gektarini Urganch tumani hokimligi zaxirasiga qaytarib, uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Jamiyat rahbari ish tez va muammosiz hal bo‘lishi evaziga fuqarodan 40 ming dollar talab qilgan.
Urganchlik fuqaro ushbu firibgarlik holati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. Unga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jamiyat rahbari fuqarodan 3 gektar yer maydoni evaziga talab qilgan 40 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yer ajratib berish evaziga pora olgan hokimlik xodimlari haqida ma’lumot berildi
- Namanganda 28 sotix yer maydonini 100 ming dollarga sotishga uringan “fermer xo‘jaligi rahbari” qo‘lga olindi
- Yunusobodda fuqaroga 2300 dollar evaziga Angrendan yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Izoh (0)