Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Matiz avtomashinasi piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda viloyati IIB.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Qayd etilishicha, 26-oktabr kuni fuqaro T.S. Matiz rusumli avtomashinasini Yangihayot ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan Q.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda Q.B. hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Namanganda “Jiguli” urib ketgan piyoda, Farg‘onada Nexia urib ketgan elektroskuter haydovchisi va Navoiyda voyaga yetmagan qizga mashinasini boshqarishga bergan haydovchi vafot etgani haqida xabarlar berilgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Virjiniyadagi bitiruv marosimida ikki kishi halok bo‘ldi
Qo‘ziqorin
Amerikalik ayol ikki oy ichida ketma-ket ikki marta lotereyada 1 mln dollar yutib oldi
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda