• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda gaz-zapravkalar soat 16:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazilmoqda. Sabab — viloyatga yetkazilayotgan gaz bosimi pasaygan

    Andijonda 27-oktabrdan boshlab viloyat hududidagi jami 81 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (gaz-zapravkalar)ga tabiiy gazni yetkazib berish har kuni tong soat 06:00 dan kech soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. Bu haqda “Hududgaz Andijon” kompaniyasi ma’lum qildi.

    Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, “qish mavsumida tabiiy gazni yetkazib berishda texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan bog‘liq ishlar bajarilishi munosabati bilan, viloyatga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilmoqda”. Shu sababli yetkazib berilgan tabiiy gaz taqsimotiga ko‘ra, gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilgan.

    “Yuqoridagilardan kelib chiqib, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish 27-oktabrdan tong soat 06:00 dan kech soat 16:00 ga qadar belgilandi. Viloyatimizdagi haydovchilardan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirishda har kunlik belgilangan vaqt (06:00 – 16:00) oralig‘ida gaz to‘ldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raymiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

    “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda viloyatdagi gaz-zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kelishni boshlagan. “Hududgaz Andijon” kompaniyasi vakilining “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, gaz-zapravkalarga cheklangan vaqt davomida gaz yetkazib berish tartibi qachongacha davom etishi noma’lum, 2021-yil bahorigacha davom etishi ham mumkin.

    “Daryo”ning Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlaridagi muxbirlari hozircha ushbu hududlardagi gaz-zapravkalarda Andijondagi kabi cheklovlar o‘rnatilmaganini ma’lum qildi. “Daryo” vaziyat yuzasidan izoh olish uchun respublika “Hududgaz ta’minot” kompaniyasiga murojaat qildi.

    Qayd etish joiz, 21-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev yil yakuni bilan tabiiy gaz qazib olishni ko‘paytirish, ichki bozorga qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Avvalroq O‘zbekistondagi loyihalaridan Xitoyga gaz eksport qilishni to‘xtatgan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi gazni O‘zbekistonning ichki bozoriga yo‘naltirish bo‘yicha hukumat bilan kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgan edi.

    E’tiborga molik tomoni, 16-oktabr kuni “Hududgaz ta’minot” kompaniyasi vakili Abdusattor Qayumov gaz eksportining qisqarishi (O‘zbekiston 2019-yilda 2 milliard dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa, 2020-yilda gaz eksportidan tushgan daromad 5,5 barobarga qisqarib, hozirgacha 366,3 million dollarni tashkil etmoqda) ichki bozorga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga imkon bermaganini tan olgan edi. Qayumov bunga sabab qilib yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi markazlashgan emas, balki lokal ekanini ko‘rsatgan.

    Vodiy viloyatlaridan birida joylashgan gaz-zapravka oldida yuzaga kelgan navbat, 2018-yil, dekabr.

    Vodiy viloyatlaridan birida joylashgan gaz-zapravka oldida yuzaga kelgan navbat, 2018-yil, dekabr.
    Foto: “Kun.uz”

    Eslatib o‘tamiz, 2018—2019-yillarda O‘zbekistonning ayrim hududlari, xususan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bir necha bor “gaz inqirozi” yuz bergan edi. Gaz bosimi pasayib ketgani bois viloyatlardagi gaz-zapravkalarning aksariyat faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan, oqibatda ishini davom ettirayotgan gaz-zapravkalar oldida kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan edi. Ayni vaqtda, ushbu hududlarda gaz taqchilligi ortidan yo‘l haqining oshishi ham kuzatilgandi. O‘shanda muammo gazni Qozog‘iston orqali transportirovka qilish hisobiga birmuncha hal etilgan edi.

    Vodiy viloyatlaridan birida joylashgan gaz-zapravka oldida yuzaga kelgan navbat, 2018-yil, yanvar.

    Vodiy viloyatlaridan birida joylashgan gaz-zapravka oldida yuzaga kelgan navbat, 2018-yil, yanvar.
    Foto: Telegram / @vodiybozor

    Mavzuga doir:

    • 2018-yil 18-yanvar. Vodiyda “gaz inqirozi”. Gaz shoxobchalarida avtonavbatlar yuzaga kelgan, odamlar manziliga qanday yetib olishni bilmayapti
    • 2018-yil 29-dekabr. “O‘ztransgaz” Farg‘ona vodiysi “gaz-zapravkalari”dagi navbatlar haqida gapirdi. Muammoning sabablari ko‘p

    27.10.2020, 15:35   Izoh (0)   17311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda karantin talablari buzilganda avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin

    27.10.2020, 15:23

    Foto: Amir Temur va boshqa temuriylarning qabrlari ochilishi

    27.10.2020, 14:21

    Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi bosh shifokori vafot etdi

    27.10.2020, 13:56

    Angren va Xorazmdagi shakar zavodlari ommaviy ravishda xodimlarini ishdan bo‘shatishni boshladi

    27.10.2020, 12:57

    O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon 477,5 ming kishiga ko‘paydi

    27.10.2020, 11:58

    AOKAning Andijon viloyatidagi mas’uli, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vafot etdi

    27.10.2020, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.