• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi

    O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlarining qimmatlashishiga yem-xashak xomashyosi narxining oshishi, qoramol importining qisqarishi, shuningdek, karantin yengillashtirilgani va umumiy ovqatlanish maskanlarining qayta ish boshlagani ortidan talabning ortib ketgani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining sentabr oyida kuzatilgan inflyatsiya darajasiga oid ma’lumotlarida keltirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida tuxum (6,5 foiz), go‘sht, tovuq go‘shti, baliq (3,8 foiz) va meva-sabzavotlar (3 foiz) narxida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar narxining keskin oshishi aholi orasida norozilik keltirib chiqarganini ta’kidlagandi. Shundan so‘ng qimmat go‘sht (lahm) bozorlar va yirik supermarketlar peshtaxtasidan yo‘qolib qolgan, ammo jamoatchilikning go‘sht narxiga bo‘lgan noroziligi o‘zgarmadi.

    Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyidagi inflyatsion dinamika tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, narxlar o‘sishining asosiy sababi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining konyunkturasi bo‘lib, bu o‘z navbatida go‘sht va yog‘-moy mahsulotlari, non mahsulotlari va tuxum narxlarining qimmatlashishi, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari narxining mavsumiy oshishi bilan izohlanadi.

    Yuqorida sanab o‘tilgan mahsulot guruhlaridan, birinchi navbatda, go‘sht narxi o‘sishining asosiy sabablari quyidagilardir:

    • yem-xashak bazasi uchun xomashyo, xususan, paxta xomashyosi, po‘stloq va yem aralashmasi zaxiralarining mavsumiy kamayishi. Bu o‘z navbatida, mazkur mahsulotlarning birja narxlarining mos ravishda 17, 21 va 27 foizga oshishiga olib kelgan;
    • Qozog‘iston tomonidan eksport cheklovlari tufayli qoramol importining qisqarishi. Misol uchun, 2020-yilning 8 oylik natijasiga ko‘ra, mamlakatda 25 ming bosh yirik va 12,5 ming bosh mayda qoramol import qilingan. 2019-yilning 8 oylik natijalariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 146 ming va 258 ming bosh qoramolni tashkil qilgan;
    • 2020-yilning avgust oyi o‘rtalarida karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng faoliyatini tiklagan umumiy ovqatlanish korxonalarining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabining oshishi. Shu bilan birga, 2020-yil yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq). Bundan tashqari, 2020-yil yanvar—sentabr oylarida 14 ming tonna mol go‘shti va 20 ming tonna tovuq go‘shti import qilingan.
    Ta’kidlanishicha, sentabr oyida iste’mol narxlari indeksi oylik 1,4 foizni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davrida mazkur ko‘rsatkich 1,3 foizga teng bo‘lgan.

    “2020-yil boshidan buyon oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi 7,5 foiz (2019-yilning shu davrida – 8,5 foiz) darajasida va yillik hisobda – 17,7 foiz darajasida shakllandi”, — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

    Qayd etilishicha, go‘sht mahsulotlarining narxi sentabrda 3,8 foizga (umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi – 0,39 f.b.) o‘sgan. Xususan, qo‘y go‘shti — 5,7 foizga, mol go‘shti — 5–5,4 foiz oralig‘ida, qiyma — 4,2 foizga, kolbasa — 1,8–1,9 foiz oralig‘ida, baliq va baliq konservalari o‘rtacha 0,5 foizga, parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlari — 0,3 foizga qimmatlashdi. Bundan tashqari, yog‘ va moylar narxi o‘rtacha 2,3 foizga ko‘tarilgan.

    “Tuxum narxi o‘rtacha 6,5 foizga qimmatlashib, umumiy INIning 0,06 f.b.ga ko‘tarilishini ta’minladi. Ichki bozorda tuxum narxining oshishiga parranda ozuqasi narxlarining 10 foizga ko‘tarilishi (jumladan, bug‘doy narxining 23 foizga, makkajo‘xori – 28 foizga, soya ozuqasi – 20 foizga) va ularga bo‘lgan talabning mavsumiy ortishi, hamda ko‘plab parrandachilik xo‘jaliklaridagi tovuqlar yangilanishi (1,8 million tovuq) bilan bog‘liq bo‘ldi”, — deyiladi ma’lumotnomada.

    Mavzuga doir: “Sallasini olib kelgin desa, kallasini olib keladi”. Markaziy bank raisi go‘sht narxining tushirilgani haqida

    Yuqoridagi omillardan va dunyo hamda O‘zbekistondagi go‘sht narxlarining hamohang harakatidan kelib chiqib, go‘sht mahsulotlari narxining o‘sishi nafaqat tashqi omillar, balki ichki bozorlardagi tartibga solinish mexanizmlarining samarasizligi tufayli yuzaga kelgan deyish mumkin. “Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish darajasining kamtarona o‘sishiga qaramasdan, go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishning yetarli darajasini ta’minlash uchun ozuqa bazasining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Mavzuga doir: “Mana bunday suyak qo‘shib beryapti!”. “O‘zbekiston 24”ning jonli efirida yangrab qolgan haqiqat (video)

    26.10.2020, 15:11   Izoh (0)   46494
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Shifokorlarga atalgan Sergelidagi graffiti

    26.10.2020, 14:10

    Prezident farmoni bilan xizmat vazifasini o‘tash vaqtida YTH qurboniga aylangan ikki nafar YPX xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

    26.10.2020, 13:57

    Shavkat Mirziyoyev 14 yil avval kanalizatsiya qudug‘idagi odamlarni qutqarish vaqtida halok bo‘lgan IIB xodimini mukofotladi

    26.10.2020, 13:34

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi iyul oyidan buyon ilk bor pasaydi

    26.10.2020, 13:11

    O‘zSSV o‘qituvchilar uchun 1 mln qadoq gidroksixloroxin sotib oldi. JSST bu dorini samarasiz deb hisoblaydi, Fransiya hukumati esa undan keng foydalanishni taqiqla...

    26.10.2020, 12:15

    Chirchiqda temiryo‘l vagoni ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigit og‘ir tan jarohati oldi

    26.10.2020, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.