Markaziy bank 27-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,88 so‘mga tushib, 10 359,88 so‘mni tashkil qildi. Yevro 132,15 so‘mga ko‘tarilib, 12 285,78 so‘m bo‘ldi.
Bu dollar rasmiy kursining 12 haftalik ko‘tarilishdan so‘ng ilk bor pasayishi. Oxirgi marta u 27-iyulda pasayib, 10 207,69 so‘mni tashkil qilgandi. Oktabr oyi o‘rtalarida Markaziy bank so‘mning keskin qadrsizlanishi ehtimolligini past deb baholagandi.
Izoh (0)