• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: UFC’dagi o‘zbekistonliklar, “Adolat”dagi almashuv, GTL’dagi g‘alayon, UzAuto Motors va blogerlar

    Ketma-ket uzatilgan“Barselona” va “Real Madrid”, Habib va Getji, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bahslari muhokamasi shovqini tinmay turib, dayjestimizni boshlaymiz. Haftaning eng muhokamali va dolzarb yangiliklari bizda.

    Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 10-aprel kuni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” qonunni imzolagandi. Qonunga ko‘ra, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan. Bu hafta Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq o‘zbek tilini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini ushbu xabarda o‘qing. Farmondagi asosiy nuqta shuki, O‘zbekistonda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun o‘zbek tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikati joriy etiladi. Demak, mansabdorlar orasida o‘zbek tilini biluvchilar ko‘payishidan umid qilsak bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Milliy bayramlarimizda o‘zbekcha lafz bilan she’rlar o‘quvchi AQSh elchisi Deniel Rozenblyum ham o‘zbek tili bayrami bilan qutlab, bu safar Avaz O‘tarning "Til" she’ridan bir parcha o‘qib berdi.

    * * *

    UzAuto Motors va deputatlar o‘rtasidagi tortishuv haqida o‘tgan hafta dayjestida to‘xtalgan edik. UzAuto Motors’chilar bu hafta bahsni yangi pog‘onaga olib chiqishdi. Tashkilotni hamisha troll qiluvchi @trolluz jiddiy postlar bilan milliy monopolga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Buning uchun bloger Umid G‘afurov Telegram’da @stopuzam kanalini tashkil etib, unda milliy avtomobillarimizning zavoddayoq kamchilik bilan chiqarilayotganini videodalillar bilan fosh eta boshladi. Avtosanoat vakillari esa blogerni sotib olish uchun unga nomsiz akkauntlardan turli takliflar bilan aloqaga chiqmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kimdir barchani sotib olish mumkin deb o‘ylaydi. Darvoqe, ha – mening mashinalar haqidagi postlarim bu buyurtma. Oddiy xalqning buyurtmasi. Qulay narxlarda sifatli avtomobillarga loyiq odamlarning buyurtmasi. Ba’zilar buni tushunolmaydi. Ular uchun haqiqatni gapiradigan har kim – buyurtmaga ishlaydigan odam. Shu Britaniyaning SIM-kartasiga ega bo‘lgan ushbu shaxsga o‘xshab”, deb yozmoqda bloger. Ammo ushbu voqealarning bari oshkor etilishi bilan yig‘uv sexlarida nazorat kuchayganini ham insayderlar yozgan.

    * * *

    Ko‘pgina xorijiy davlatlarda o‘quvchining maktabda olgan bahosi OTMga kirishda e’tiborga olinadi, hatto bitiruv imtihoni balli bilan OTMga kirishi mumkin. Endi bu tajriba bizda ham bo‘ladi. To‘g‘ri, bitiruv imtihoni balli bilan institutga kirita olmaymiz-u, ammo maktab bitiruvchilarining olti yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinadi. Bu mavzuda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki, o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, — deb aytdi. Demak, oliy ma’lumot olishni istasangiz, 6-sinfdanoq baholarni yaxshilang.

    * * *

    Partiyalarimizda o‘zgarish. “So‘l”chi partiya “Adolat” yetakchisi Narimon Umarov Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlandi. Narimon Umarov Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylandi. Partiyaga esa to‘qqiz yildan beri Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti bo‘lib ishlab kelayotgan tarix fanlari doktori Bahrom Abduhalimov rais etib saylandi. Bahrom Abduhalimov Sharqshunoslik instituti direktori, O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

    * * *

    Bu hafta havo harorati pastladi, qishning sovuq nafasi sezildi. 22–23-oktabr kunlari mamlakatning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ldi. Qamchiq dovonida birinchi qor yog‘di. Ammo haftaning ikkinchi yarmi yaxshi ob-havo bilan keldi. Gidrometeorologlarning aytishicha, kelgusi haftada tabiat injiqlik qilmay turadi, oktabrni yaxshi ob-havoda kuzatamiz.

    Foto: FVV

    Foto: FVV

    * * *

    Qashqadaryoda suyuqlikdan gaz oluvchi zavod qurayotgan ishchilar g‘alayon ko‘tardi. Gap Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan pudratchi Enter Engineering kompaniyasining ishchi-xodimlari haqida ketmoqda. Tarqab ketgan videolarga qarasak, o‘nlab norozi ishchi kompaniya mol-mulkini sindirib-buzib tashlaganini ko‘rish mumkin.

    Videodan skrinshot

    Videodan skrinshot

    Dastlab ishchilarga o‘z vaqtida nonushta berilmagani bunga sabab bo‘lgani aytildi. Natijada buyurtmachiga qarashli deraza oynalari, ofis jihozlarini darg‘azab ishchilar sindirib tashlagan. Voqea joyiga “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, Enter Engineering rahbariyati va Qashqadaryo hokimligi vakillari yetib bordi va holatni o‘rgandi. Zavod ishchilarining noroziligiga yotoqxonada ishchilar uchun joy yo‘qligi, uch oydan buyon maosh to‘lanmayotgani va boshliqlar ishchilariga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani ham sabab bo‘lgani oydinlashdi, ammo GTL bosh direktori bu gapni inkor qildi. Enter Engineering saytimizda reklama huquqi asosida bergan ma’lumotiga ko‘ra esa, ishchilarni oshxonaga kiritish elektron tizimidagi texnik nosozlik sababli norozilik kelib chiqqan.

    * * *

    Xabarlarimiz boshida mashhur aralash jangchi Habibni tilga olgandik. BAAning Abu-Dabi shahridagi “Jangchilar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida ikki nafar o‘zbekistonlik ham jangga chiqdi. Liliya Shokirova UFC’dagi debyut jangida ikkinchi raundda yutqazib qo‘ydi. Ammo asli Surxondaryoda tug‘ilgan va keyinchalik Qozog‘istonga ko‘chib ketgan Shavkat Rahmonov birinchi raunddayoq tajribali raqibini mag‘lub etib, debyutini g‘alaba bilan boshladi. Shavkat Rahmonov Qozog‘iston nomidan jangga chiqadi.

    Hozircha, dayjestimizga yiqqanimiz shular. Karantin qoidalariga rioya qiling, niqob taqing, poytaxtdagilar, qo‘lqop ham taqing. Uyda qolmasangiz ham “Daryo”da qoling.

    26.10.2020, 12:58   Izoh (0)   56756
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zSSV o‘qituvchilar uchun 1 mln qadoq gidroksixloroxin sotib oldi. JSST bu dorini samarasiz deb hisoblaydi, Fransiya hukumati esa undan keng foydalanishni taqiqla...

    26.10.2020, 12:15

    Chirchiqda temiryo‘l vagoni ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigit og‘ir tan jarohati oldi

    26.10.2020, 12:10

    “Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi ijobiy hal etildi” — DTM

    26.10.2020, 11:35

    Iqtisodchi olim Ahmad O‘lmasov 88 yoshida vafot etdi

    26.10.2020, 10:46

    O‘zbekistonda 27-oktabrdan havo keskin sovishi kutilmoqda

    26.10.2020, 10:22

    O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

    26.10.2020, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.