Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy hamda Germaniya jahonda superyetakchilar qatorida bo‘lish uchun faol tarzda harakat qilayotganini qayd etdi, deb yozmoqda “Interfaks”.
Putin “Valday” muhokama klubining yalpi majlisida Xitoyning iqtisodiy va siyosiy ta’sir doirasini kengaytirib dunyoning superyetakchi davlatlaridan biri sifatida o‘z maqomini mustahkamlayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra Germaniya ham xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanmoqda.
Rossiya prezidenti geosiyosatda Buyuk Britaniya hamda Fransiyaning ishlarida sezilarli transformatsiyalanish kuzatilganini bildirgan.
“Ha ular va AQSh yaqqol ustunlikka ega edi, endi hammasi shartli ravishda o‘zgarib ketmoqda. Umuman olganda, AQShga bu boradagi favoritlik kerak yoki kerak emasligi haqida o‘ylab ko‘rish lozim” – degan u.
Shuningdek, Vladimir Putin Braziliya va Janubiy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlarning jahondagi o‘rni ham jiddiy kuchayganiga urg‘u bergan.
Izoh (0)