Xitoyning Chjetszyan sharqiy provinsiyasidagi Tszatsin shahrida klinik sinovlarning uchinchi bosqichidagi Sinovac preparati bilan COVID-19’ga qarshi shoshilinch ravishda emlash e'lon qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” Xitoyning Paper gazetasiga tayanib.
Qayd etilishicha, shahar ma’muriyati vaksinani Sinovac’dan markazlashgan holda buyurtma qilgan bo‘lib, endilikda asta-sekin belgilangan emlash joylariga yetkazib bermoqda.
“Agar pandemiya va yaqinlashib kelayotgan qish-bahor davri bo‘lmaganida edi, vaksina bozorda paydo bo‘lganidan keyingina ushbu emlash to‘g‘risida e’lon qilinardi deb o‘ylayman”, — deya xodimning so‘zlarini keltirgan gazeta.
Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaksinani birinchi navbatda oluvchilar shifokorlar, chegara nazorati xodimlaridir. Shuningdek, jamoat joylarida ishlaydigan yoki yuqori yoki o‘rtacha xavf ostida koronavirusga chalinish mumkin bo‘lgan davlatlarda bo‘lgan shaxslar uchun ham birinchi navbatda emlash tavsiya etiladi.
Emlash faqat ixtiyoriy ravishda 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lganlarda amalga oshiriladi.
Avvalroq Xitoyda COVID-19’ga qarshi ommaviy emlash boshlangani, Xitoyning Shandun sharqiy provinsiyasidagi Sindao shahri ma’murlari besh kun ichida shaharning barcha 9,5 million aholisini koronavirusga qarshi tekshirishga qaror qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)