• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy sud UzAutoMotors va Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining navbatdagi yopiq sudi haqida ma’lumot berdi

    16-oktabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors AJning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni davom ettirildi, deya xabar qildi Oliy sud axborot xizmati.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oliy sud axborotiga ko‘ra ushbu ma’muriy ish sudya G‘.Davlatov raisligida ko‘rilmoqda.

    “Sud o‘z ishini ochiq sud majlisida davom ettirib, dastlab arizachi UzAutoMotors AJ vakili tomonidan fikr bildirildi, ya’ni jamiyatda o‘tkazilgan tekshirishga asos bo‘lgan ma’lumotnomani shakllantirishda narxlar noto‘g‘ri kiritilganligi, ya’ni misol uchun Ravon rusumli avtomashinaning boshqa davlatlardagi savdo majmualarida 2015–2016-yillardagi narxlari internet tarmog‘idan asos sifatida olinganligini hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida 3 ta maxsus komissiya faoliyat ko‘rsatsa-da, ushbu masala faoliyat doirasiga kirmaydigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilganligi bildirildi.

    Qo‘mita vakillari ham e’tirozlarini bildirib, avtomashinalarning narxi haqiqatan ham internet tarmoqlari orqali olinganligi, shuningdek, hozirgi kundagi narxlar ham o‘rganilganligi, bugungi kunda ham mazkur narxlarni solishtirib ko‘rilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

    Shuningdek, ular qo‘mitada haqiqatan ham 3 ta maxsus komissiya mavjudligini bildirgan. Amaldagi nizom talabiga binoan o‘z faoliyatini boshlagan komissiya boshqa komissiya faoliyatiga bog‘liq masala ko‘rilganida ham ushbu ishni ko‘rib chiqishi mumkinligi belgilanganligini ma’lum qilgan.

    Shu bilan birga, taraflar tomonidan ariza yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirganidan so‘ng, sud UzAutoMotors aksiyadorlik jamiyati tomonidan keltirilgan, ya’ni jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tannarxi shakllantirilishi metodikasini yopiq sud majlisida o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma muhokamasiga o‘tgan.

    Mazkur iltimosnoma taraflar o‘rtasida muhokama qilinganidan so‘ng, sud maslahatxonadan chiqib, sud ajrimini o‘qib eshittirdi.

    Ajrimga ko‘ra, sud majlisining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda jamiyatda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tannarxi yuqori baholanganligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan holatlar muhokamasini yopiq sud majlisida o‘tkazish belgilandi. Yopiq sud majlisida sud muhokamasi o‘rnatilgan tartibda davom etdi va taraflarning barcha vajlari tinglandi.

    Navbatdagi sud majlisi 2020-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi”, – deyiladi Oliy sud xabarida.

    2020-yil 9-oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors navbatdagi sud ishida tovarlar narxini shakllantirishda maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan.

    Eslatib o‘tamiz, deputat Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan.

    Qo‘mitaning 2020-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan.

    Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

    16.10.2020, 18:58   Izoh (0)   47479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini ko‘zdan kechirdi

    16.10.2020, 18:34

    O‘zbekiston 9 oy davomida 9,3 mln dollarlik konservalangan meva-sabzavot eksport qildi

    16.10.2020, 18:10

    Namanganda aliment to‘lamaslik uchun xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi (video)

    16.10.2020, 17:54

    O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

    16.10.2020, 17:24

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga yangi tayinlangan yetti nafar elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

    16.10.2020, 17:09

    Shavkat Mirziyoyev: “Geologiya fanlari universiteti – uchinchi Renessans poydevorlaridan biri”

    16.10.2020, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.