Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2020-yilning avgust—oktabr oylarida 28,3 milliard so‘mlik transport vositalarini xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarda keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, IIV YHXBB 4 ta Malibu-2 mashinasining har birini 324,45 million so‘mdan xarid qilgan (jami 1 milliard 297 million so‘m). Bundan tashqari, boshqarma 2-pozitsiyali Malibu-2 modelidan 13 tani 311 millionda so‘mdan qimmatroqqa — jami 4 milliard 44 million so‘mga xarid qilgan.
Shuningdek:
- 30 ta — Equinox-AT — 349 million so‘mdan jami 10 milliard 470 million so‘mga;
- 40 ta — Cobalt GS/16MTB — 95 million 768 ming so‘mdan jami 3 milliard 83 million so‘mga;
- 26 ta — Lacetti L-Comfort Plus — 115 million 607 ming so‘mdan jami 3 milliard so‘mdan ortiq;
- 2 ta — Lacetti L-Elegant/AT Plus — 138 million 126 ming so‘mdan jami 276,2 million so‘mga;
- 2 ta — JAC pikapi — 224,6 million so‘mdan jami 449,2 million so‘mga;
- 14 ta — SAZ HC avtobusi — 325 million so‘mdan jami 4 milliard 550 million so‘mga;
- 2 ta — Volkswagen Caddy (Trendline) — 221,9 million so‘mdan jami 443,8 million so‘mga.
Izoh (0)