• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qachongacha budjet mablag‘lari, xalq rizqi talon-toroj qilinadi?” – Tanzila Norboyeva Qumqo‘rg‘onda qulab tushgan ko‘prik haqida

    Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 6-oktabr kuni Toshkent viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan Senat kengashining sayyor majlisi Qumqo‘rg‘onda 6,5 milliard so‘mga qurilgan, biroq oradan ko‘p o‘tmay qulab tushgan ko‘prik masalasiga to‘xtalgan. U mazkur hodisani budjet mablag‘lari, xalq rizqini talon-toroj qilish deb atagan. Bu haqda “Kun.uz” xabar qilmoqda.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    “Mamlakatimizda qurilish sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish bo‘yicha respublika komissiyasining qarori bor. Tizimda-ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rila boshlandi – mana endi qadam qo‘yyapmiz. Bu kamchilik-xatolar endi kechirilmaydi.

    Bu kabi muammolar qurilish sifatini tushib ketishiga ham olib kelmoqda. Mana yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani "Ko‘ganli" mahallasida 2017-yilda 6.5 milliard so‘mga qurilgan ko‘prik, 2 yil o‘tmasdan vayron bo‘lganini hammamiz bildik.

    Shuningdek, aholi o‘sha hududdagi yo‘l qurilishi sifatidan ham norozi. Bu loyihaga ham 5,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan ekan. Bunday holatlarni yana ko‘plab hududlarda kuzatish mumkin”, – deydi Norboyeva.

    Mavzuga doir: “6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik quladi. Endi yo‘limiz ham shunday yaroqsiz bo‘lmasin” — qumqo‘rg‘onliklar

    Senat raisi mamlakat miqyosida qilinayotgan qurilishlarning nazorati sustligi, qurilayotgan inshootlarning sifati bo‘yicha aholi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e’tirozlar bayon etilayotgani, biroq mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ularga o‘z vaqtida munosabat bildirilmayotganini tanqid qilgan.

    “Nima sababdan qurilish sohasida ko‘plab qonunbuzilish holatlari sodir bo‘lsa ham ularning sabablari, ularga yaratilayotgan “sharoitlar” chuqur o‘rganilmayapti. Qachongacha budjet mablag‘lari, xalq rizqi talon-toroj qilinadi?!

    Faqat qurib-qurib ketaverish emas, uni tekshirish ham, nazorat qilish ham kerak. Odamlarda e’tiroz, savollar ko‘p. Lekin tegishli idoralar tomonidan munosabat bildirilishi mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Agar aybdor bo‘lsa, “aybdormiz, shuni yaxshi ishlamagan edik, tegishli chora ko‘ramiz” degan gapni aytish ham mardlik. Qachon odamlar bilan gaplashishni o‘rganamiz. Faqatgina vazirlik hokimlik bilan, hokimlik vazirlik bilan gaplashish bilan ish bitadi. Biz odamlar uchun ishlayapmiz-ku, odamlarning savollariga javob berish uchun ishlayapmiz”, – deya ta’kidlagan Senat raisi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Majlisda masofadan turib qatnashgan qurilish vaziri o‘rinbosari Kozim To‘laganov Qumqo‘rg‘ondagi ko‘prik sifatiga vazirlik javob berolmasligini, chunki u avtoyo‘l tizimidagi inspeksiya ro‘yxatidan o‘tganini ma’lum qildi.

    “Chindan ham Toshkent viloyati bo‘yicha qurilish sohasida juda ko‘p qoloqliklarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, bu yilgi qurilish dasturiga 180 ta obyekt kiritilgan bo‘lsa, bugungi kun holatiga bor yo‘g‘i 11 ta obyekt qabul qilingan. Iyun oyi bilan bugunni taqqoslaydigan bo‘lsak, mingga yaqin obyektga nazorat chora-tadbiri ko‘rildi.

    Bu yil qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hukumatning 3 ta qarori chiqdi. Toshkent viloyatida qurilish tizimi shu yilning oxirigacha shaffoflik tizimiga to‘liq o‘tkaziladi. 1-yanvardan boshlab qurilish sohasidagi nazorat ochiq tizimga o‘tkaziladi.

    Qumqo‘rg‘ondagi ko‘prik avtoyo‘l tizimidagi inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan ekan, bizdan o‘tgan emas. Lekin, albatta, biz ham bu ish bo‘yicha e’tiroz bildiramiz”, – deb aytgan vazir o‘rinbosari.

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 milliard so‘mga qurilgan ko‘prik 1 yil-u 7 oy xizmat ko‘rsatgach yaroqsiz holga kelgandi. Bu holat bo‘yicha Bosh Prokuratura o‘rganish olib borishini bildirgan va qurilishda qo‘shib yozish holatlari aniqlanmaganini ma’lum qilgan.

    Biroq viloyat prokuraturasining izoh berishicha, pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida imzolangan 2014-yil 21-apreldagi shartnomada ko‘prik qurilishini zimmasiga olgan pudratchining majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, pudratchi majburiyatlarini to‘liq bajarmagan. Bu viloyat prokuraturasiga ma’lum bo‘lgan. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab prokuratura tergov-surishtiruv jarayonlarini olib borolmagan.

    Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, 6,5 milliard so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 milliard so‘mga ta’mirlanadigan bo‘ldi.

    09.10.2020, 07:41   Izoh (0)   26203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yangi dor yo‘llarini qurgan investorlarga har 500 metr yo‘l uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi

    09.10.2020, 07:10

    O‘zbekistonda COVID-19’ni davolash uchun ishlatilayotgan “Remdesivir” va grippga qarshi “Inflyuvak” vaksinasining chakana narxlari ma’lum qilindi

    09.10.2020, 06:50

    O‘zbekiston bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘rtacha taraqqiyotga erishdi — AQSh Mehnat vazirligi

    09.10.2020, 06:18

    Komil Allamjonov o‘zining biznesi haqidagi surishtiruvga munosabat bildirdi

    08.10.2020, 23:35

    Xorijdan bojxona to‘lovlarisiz “posilka” yuborishning maksimal miqdori 1000 dollardan 200 dollargacha tushirilishi mumkin

    08.10.2020, 23:11

    Kanada kompaniyasi Buxorodagi gaz konlariga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritadi

    08.10.2020, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.