“Chelsi”ning yangi darvozaboni Eduard Mendi o‘ng oyoq son qismidan jarohat olgan. Bu haqda jurnalist Mansur Lum xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, 28 yoshli darvozabon Senegal terma jamoasi yig‘inidan chaqirib olingan va klub ixtiyoriga qaytgan.
Jurnalistning yozishicha, jarohat tafsilotlari va tiklanish vaqti haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Mendi transferini 24-sentabr kuni e’lon qilgandi. Londonliklarga futbolchining transferi 24+6 million yevroga tushgani aytilgandi.
Mendi “Chelsi”dagi debyutini 29-sentabr kuni Liga Kubogi doirasida o‘tkazilgan “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.
Izoh (0)