• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlashning taxminiy sababi ma’lum qilindi

    Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan koronavirusga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida yuz bergan portlash kislorod balloni ichidagi kislorodga moy qoldig‘ining aralashgani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Qo‘mita tomonidan ma’lum qilinishicha, Guliston shahar Guliston ko‘chasida joylashgan “Alpomish” sport majmuasidagi 450 o‘rinli COVID-19 infeksiyasiga gumon qilingan va kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazi 2020-yil 26-avgust kuni tashkil etilgan. 2020-yil 7-oktabr kuni ushbu markazda jami 403 nafar COVID-19 infeksiyasiga gumon qilingan va kasallangan bemorlar davolanayotgan edi.

    Ta’kidlanishicha, 2020-yil 7-oktabr kuni soat 08:13 da markazda bemorlarga tibbiy muolaja ko‘rsatish uchun asosiy stansiyasida 12 ta va zaxira stansiyasida 12 ta 400 litrli kislorod ballonlari o‘rnatilgan edi. Asosiy stansiyasida mavjud 12 kislorod ballondan 1 tasi portlagan, portlash oqibatida yong‘in kelib chiqmagan.

    Qo‘mitaning xabar berishicha, portlash oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohati olgan, majmuadagi qolgan kislorod ballonlari zararsizlantirilib, markazda davolanayotgan 403 nafar bemorlar Respublika shoshilinch tez yordam markazi Sirdaryo viloyati filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Majmua va uning atrofida joylashgan binolarga moddiy zarar yetgan, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Markazga o‘rnatilgan kislorod ballonlarini texnik holati bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “Lena-Lux” xususiy korxonasining operatori, Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi Exvald Anatoliy Nikolayevich yuz bergan portlash oqibatida og‘ir tan jarohati olgan.

    Ma’lum qilinishicha, hodisa sodir bo‘lgan joydan taxminan 700-800 metr uzoqlikdagi Guliston shahar 3-mavze hududida joylashgan 2, 4, 5-uylar oldida moy izlarining qoldiqlari mavjud holda kislorod ballonlarining qismlari topilgan. Hodisa joyida portlovchi modda izlari va portlash qurilmalarining qismlari aniqlanmagan.

    “Mutaxassislarning dastlabki tekshiruv taxminlariga ko‘ra, portlashning kelib chiqishiga kislorod ballonlaridagi kislorodlarga moy qoldiqlarining aralashganligi sabab bo‘lgan”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

    Qo‘mita xabariga ko‘ra, hodisa joyiga bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmahmatov, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor Aziz Ikromov, viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev, viloyat prokurori, DXX boshlig‘i, IIB boshlig‘i, FVB boshlig‘i, SSB boshlig‘i yetib borgan.

    Shuningdek, tegishli tashkilotlarning tezkor-qidiruv va qutqaruv kuchlari jalb qilinib, portlash oqibatlari bartaraf qilinmoqda.

    Bundan tashqari, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergovchi va boshqa tezkor xodimlaridan iborat 2 ta tezkor tergov guruhi, tezkor ma’lumotlar va favqulodda holatlar bo‘yicha shtab, axborot-tahlil guruhi tuzilgan.

    Hozirda mutaxassislar tomonidan portlash kelib chiqishning aniq sabablari o‘rganish uchun batafsil tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Qo‘mita tomonidan bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov tezkor guruhi tuzilgan.

    Hozirgi vaqtda mazkur hodisa yuzasidan maxsus tekshirish o‘tkazish borasida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i chiqarilgan. Voqea sabablarini o‘rganish davom etmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida 7-oktabr kuni Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilingandi.

    Mavzuga doir: 

    • Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash oqibatlari (foto+video)
    • Kun fotosi: Gulistonda portlash yuz bergan majmuadan kislorod ballonini quchoqlab yotgan koronavirus bemori evakuatsiya qilinmoqda

    08.10.2020, 21:26   Izoh (0)   78901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

    08.10.2020, 21:12

    Samarqandda 15 kishining tovuq kabobidan zaharlanishi sababi ma’lum qilindi

    08.10.2020, 20:42

    Amerikalik ayol O‘zbekistondan yuborilgan “posilka”dagi sovg‘a o‘g‘irlanganini aytdi. “O‘zbekiston pochtasi” bunga munosabat bildirdi

    08.10.2020, 20:27

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Qirg‘izistondagi voqealarni muhokama qildi

    08.10.2020, 19:41

    Toshkentda xotinini bolasining axlatini yeyishga majbur qilgan erkak qo‘lga olindi

    08.10.2020, 19:26

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 60 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    08.10.2020, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.